Masjid ichida taomlanish va masjid odoblari ?
Assalamu aleykum hurmatli shayh janoblari. Sizga shu hatn internet orqali etkazishimni bir yoshi ulug‘ qariya so‘radilar va shu maktubni berdilar men etkazyapman. Maktub: Bismillahir Rohmanir Rohim ! Hurmatliy Shayh Janoblari ! Bizning mahallamizda davlat ro‘yhatidan o‘tgan va eski masjid o‘rniga yangi masjid faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Masjd proekti SMETA asosida bo‘lib, erto‘la qismida taom tayyorlash va ovqatlanish uchun maxsus 40-50 kishiga mo‘ljallangan xonalar mo‘ljallangan. Masjidda 20 yildan buyon yoshlari 70 va undan oshgan qariyalar, gohi-gohida to‘planishib peshin namozidan keyin taom tayyorlab istemol qilib, Quroni Karim va Hadisi Shariflarni o‘rganib va bilmaganni biladigandan so‘rab, o‘tganlar haqqiga duoi fotihalar qilishib tarqalar edik. Afsuski yaqinda, yangi yosh imom kelib, masjidda taom tayyorlash va uni istemoli harom deb, ko‘pchilikni ko‘nglini ranjitdi. Bizning dinimizda hamma narsa niyyatga qarab (taomni emoqlik ham ) ibodat qatoriga kirishi mumkin de eshitganman. Shu bilmaganimiz haqida ozgina biz qariyalarga ma‘lumot bersangiz. Hurmat ehtirom bilan muhlislaringiz nomidan Numonjon hoji ota Ibrohimov. Avvaldan sizga katta rahmat !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu savolni diniy idoraga berilgani ma’qul.
27 Май 2022, 05:46 | Савол-жавоблар | 229 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu savolni diniy idoraga berilgani ma’qul.
27 Май 2022, 05:46 | Савол-жавоблар | 229 | Halol va harom