“Safardagi sunnat namozlari”
Assalamu alaykum va Rahmatullohi va Barokatuhu. Bizni yaratgan Alloh subhanahu va taologa cheksiz hamd va sanolar bo’lsin. Payg‘ambarimizga durudu salovatlar bo’lsin. Hurmatli Shayx hazratlari sizning yordamingiz ila “Safardagi sunnat namozlari”ni o’qishlik haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Va shu mavzuda manda bir savol paydo bo’ldi. Ijozat bersangiz bu savolni sizdan so’rasam. Bu savolni paydo bo’lishiga sabab bo’lgan hikoyalar quyidagicha: Ibn Umar (r.a)dan qilingan rivoyatlarning birida Payg‘ambar alayhissalamning safarda sunnat namozlarini o’qimaganliklarini aytsalar, ikkinchisida esa o’qiginliklarini aytgan ekanlar. Payg‘ambar alayhissalamning safarda sunnat namozlarini o’qimaganliklarini sababini ulamolarimiz yurib turgan xolatda bo’lganliklaridan deb aytgan ekanlar.] Chet davlatda o’qiyotganligim sababli ba’zida safarda kunlab yurishimga to’g‘ri keladi. Agar biz poezdda, yoki samoletda ketayotganimizda namoz vaqti kirib qolsa, farz namozini qasr qilib, so’ng sunnat namozini o’qiganimiz maqulmi? Chunki bu vaqtda biz o’tirgan ulov harakatlanib tursa ham bizda sunnat namozini o’qishlik uchun vaqt etarli bo’ladi. Allohning yo’lida qilayotgan xizmatlaringizni Parvardigorimiz dargohida qabul aylasin va cheksiz savoblardan bahramand etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ixtiyor o‘zingizda.
27 Май 2022, 05:48 | Савол-жавоблар | 157 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ixtiyor o‘zingizda.
27 Май 2022, 05:48 | Савол-жавоблар | 157 | Namoz