ming taloq qilsa
assalomu alaykum ustoz.bizning vodiydagi ulomolarimiz bir mavzu haqida bir to‘htamga kelolmay sizga murojat qilishimizni iltimos qilishdi.1.savol bir odam hotinini ming taloqsan desa bir taloq tushadimi yo uch taloq tushadimi? bizni ulamolar hech ikkilanmay uch taloq deyishdi,sizning kifoya kitobingizda niyyatga qaraladi deyilganko‘p taloq qilganlar ichib olib ming taloq qildim deydi ertasiga niyyating nima edi desangiz niyyatim bir taloq deyishadi buning echimini kengroq tushintirib bermasangiz bo‘lmaydi ustoz.2.savol muhtasardagi [ka olfin]so‘zini to‘liq tarjimasi qanday shu haqida ham bosh qotgan.3.savol muhtasardagi [misla alfin] so‘zining tarjimasini ham tushintirib bering qimmatli vaqtingizni olganligim uchun uzur.olloh rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ichib olib ko‘p taloq qilganlarga ko‘p taloqning fatvosini izlagandan ko‘ra ichmaslikni o‘rgatgan afzal bo‘lsa kerak. Hozir asosan ichkilik orqachidan taloq ko‘paymoqda. Hamma sizga o‘xshab taloq masalasini so‘raydi. Ammo hech kim ichkilikni tashlashni o‘ylab ham ko‘rmaydi. Mening “Kifoya” kitobimda aytilgan narsa, oddiy holatlarga bog‘liq. Ulamolar aytayotgani ichib olganlarga qaratilgan. 2. “ka olfin” degani “mingga o‘xshab” degani.3. “Misli alfin” degani “ming misoli” degani.
27 Май 2022, 05:51 | Савол-жавоблар | 181 | Oila va turmush