musulmonmisan dagan savol

Assalomu alaykum. Hurmatli shayx janoblari, menga bir tanishim musulmonmisan deb savol berganida "Alhamdulallah" dedim. Qachondan buyon deganda. Musulmon bo‘lib tug‘ildim dedim. Bu no to‘g‘ri ekanmish. Insonlar qanaqadur kunda, Allohni irodasi bilan tirilib hamma, Muhammad s.a.v. ni dinini ya‘ni islomni qabul qilishda va‘da bergan ekanlar. U kunni nomi esimda yo‘q hozir. Qachondan deganda o‘sha kundan deyish kerak ekan. Shu gap to‘g‘rimi. Savolim yoqmagan bo‘lsa oldindan uzr. O‘zimcha fikr chiqarishdan qo‘rqaman. Bu haqda ilmimni ziyodalashtiray. No to‘g‘ri hayol bilan adashib qolmay.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha kunning nomi al-Miysoq.

27 Май 2022, 05:52 | Савол-жавоблар | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar