NIKOH,OILA VA QASAM YORDAM BERILAR

bu savolni qanday berishniyam bilmayman. Agar er hotin urushib qolib, eri hotiniga qul tekizmiman deb qasam ichsa,lekin vaqt utib bu qasamidan chin kungildan afsuslanadi,lekin kech, chunki qasam ichib bulingandi. Nima qilish mumkin,endi ushlagani,yaqinlashgani qurqadi,chunki qasam bor. Bu narsani nimadir qilib tuzatsa buladimi?Ayolini juda sevadi,lekin jahl kelsa,aql ketar ekan. Iltimos yordam berilar shu masalada.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
IYLO HAQIDAGI FASLIylo lug‘atda qasam ichish ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, erning xotiniga to‘rt oy yoki undan ko‘p muddat jinsiy yaqinlik qilmaslikka qasam ichishiga aytiladi.«Muxtasari Viqoya»ning sohiblari iyloni quyidagicha ta’riflaydilar.Hur jufti halolni to‘rt oy cho‘ri jufti halolni ikki oy yaqniligini harom qilgan qasam iylodir.Iyloning hukmi Qur’oni Karimda sobit bo‘lgandir.Alloh taolo «Baqara» surasida: «O‘z ayollaridan Iylo qiladiganlar to‘rt oy kutarlar. Bas, agar qaytsalar, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatli, o‘ta rahimli zotdir. Agar taloqni qasd qilsalar, albatta, Alloh o‘ta eshituvchi va o‘ta biluvchi zotdir», degan (226-227 oyatlar). Agar er unga yaqinlik qilib qo‘ysa, qasami buziladi va Allohning nomi ila qasam ichgan bo‘lsa kafforot berishi vojib bo‘ladi. Undan boshqada jazosi vojib bo‘ladi va iylo soqit bo‘ladi. Illo xotinga bir boin taloq tushadi.Xotinidan iylo qilgan er to‘rt oyning ichida unga jinsiy yaqinlik qilsa, qasamini buzgan bo‘ladi va unga qasamini buzgan odam o‘taydigan kafforotni o‘tash vojib bo‘ladi.Oisha rozyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z ayollaridan Iylo qildilar va (ba’zi narsalarni o‘zlariga) harom qildilar. So‘ngra haromni halol qildilar va qasamga kafforot berdilar», dedi». Termiziy rivoyat qilgan.Qasamini buzgan odam boy bo‘lsa o‘n miskinga bir kunlik taom beradi yoki ularga kiyim olib beradi yoxud bir qul ozod qiladi. Agar u kambag‘al bo‘lsa uch kun ketma – ket ro‘za tutadi.Ammo iylo qilganda Alloh taoloning nomi bilan qasam ichmay boshqacha gap aytgan bo‘lsa, misol uchun agar senga yaqinlik qilsam sen taloqsan, degan bo‘lsa, o‘sha jazo o‘tadi.Ikki holatdan keyin ham iylo soqit bo‘ladi. Bundan keyin uning kuchi qolmaydi.Agar to‘rt oy muddat o‘tguncha ham er xotiniga qaytmasa, mazkur muddatni o‘tishi bilan bir boin taloq tushadi.Va muvaqqat qasam soqit bo‘ladi, muabbadi emas. Shuning uchun ikkinchi nikohdan so‘ng er xotiniga qaytmasdan yana bir boshqa muddat o‘tsa, yana bir boin taloq tushadi. Shuningdek, uchinchidan keyin ham tushaveradi. Uchtaloqdan keyin abadiy qasami qolaveradi, iylo qolmaydi.Iylodagi qasam ikki xil; vaqtinchali va abadiy bo‘ladi. vaqtinchali qasam to‘rt oyning o‘tishi bilan soqit bo‘ladi. ammo abadiy qasam turaveradi. Agar birov abadiy qasam ichib xotiniga «men senga abadiy yaqinilik qilmayman» degan bo‘lsa va to‘rt oy o‘tsa bir boin taloq tushadi. Keyin uni ikkinchi marta nikohlab olib yana yaqinlik qilmay yuraversa, to‘rt oy o‘tgandan keyin yana bitta boin taloq tushadi. Uchinchi bor nikohlab olib yaqinilik qilmay yuraversa, yana bitta boin taloq tushadi. Shunda iylo tugaydi, ammo qasam davom etaveradi. Ana o‘sha bitta – bitta bo‘lib uchga etgan taloqdan keyin ayol boshqa erga tegib undan ajrab yana avvalgi abadiy yaqnilashmaslik haqida qasam ichgan eriga nikohlansa va er unga yaqnilik qilsa, qasamini buzgani uchun kafforot beradi. Ammo iylo sababidan taloq tushmaydi. Chunki iylo uch taloq tushishi bilan tamom bo‘lgan.Iylodan qaytish erning xotinga jinsiy yaqinlik qilishi bilan bo‘lishini bildik. Ammo ba’zi vaqtlarda er jinsiy yaqinlikdan ojiz bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holatlarda masala qanday bo‘lishini kelasi matnlarda bayon qilinadi.Agar ikkovlaridan birining bemorligi tufayli yoki boshqa sababga ko‘ra er yaqinlik ila qaytishdan ojiz bo‘lsa, men unga qaytdim deydi. Agar muddat tugashidan oldin qodir bo‘lib qolsa, qaytishi jinsiy yaqinlik bilan bo‘ladi.Ya’ni, er jinsiy yaqinlik qila olmay so‘z bilan qaytganligini e’lon qilganidan keyin to‘rt oy muddat chiqmay turib yaqinlikka qodir bo‘lib qolsa, gap behuda bo‘ladi va jinsiy yaqinlik qilishi lozim bo‘ladi.Sen menga haromsan deganda zihorni yoki uch taloqni yoxud yolg‘onni niyat qilgan bo‘lsa, niyat qilgani bo‘ladi. Agar harom qilishni niyat qilgan bo‘lsa, iylo bo‘ladi.Agar o‘sha gapida taloqni niyat qilgan yoki hech narsani niyat qilmagan bo‘lsa ham, shuningdek, har bir halol menga haromdir deganida, bir boin taloq tushadi.Chunki bu lafzlar kinoya bilan aytilgan taloq bo‘ladi.

27 Май 2022, 05:54 | Савол-жавоблар | 196 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar