O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirga berarlar

Assalomu alaykum Shayx hazratlari,Yaqinda bir imomning ma‘ruzasida bir hadisni eshitib qoldim. Hadisni mazmuni quyidagicha: Agar o‘zi chin dildan xohlab turgan taomini bechora-miskinga bersa, unga do‘zax o‘ti xarom bo‘ladi. Alloh o‘z Kalomida Al-inson surasi 8-oyati "O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirga berarlar" ni nozil qilgan.Bu oyat va hadisga qanday holatda amal qilinga bo‘ladi?Masalan, anchadan beri emagan taomini uyda tayyorlatdi yoki ma‘lum miqdorda ko‘chadan sotib olib keldi va yuqoridagi oyat va hadis esiga tushib qoldi. Shunday holatda o‘sha taomning hammasini berib yuborsa ham amal qilingan bo‘ladimi yoki ma‘lum qismini bersa ham yuqoridagi oyat va hadisga amal qilingan bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa taomni bersa ham, amal qilingan bo‘laveradi. Oyat va hadisda qizg‘inchiqlik qilmaslik ko‘zda tutilgan.

27 Май 2022, 05:55 | Савол-жавоблар | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar