NOMOZ XAKIDA

XAZRAT SOVOLIM BOR PAGAMBARIMIZ NOMOZ KOFIR BILAN MUSURMONNI AJRATIB TURADI DEGAN.XADIS BORMI NOMOZ UKIMAGAN ODAM MUSURMON XISOBLANMEDIMI
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Musurmon emas, musulmon. Diynga, iymon e’tiqodga bog‘liq so‘zlarni to‘g‘ri o‘rganish, yozish va talaffuz qilish kerak.Bunday hadis bor. Unga o‘xshagan bir qancha hadislarni va boshqa dalillarni o‘rganib chiqqan ahli sunna va jamoa aqiydaviy mazhabidagi olimlarimiz namozning farzligini inkor qilgan odam kofir bo‘ladi. Namozning farzligini tan olib, uni dangasalaik tufayli o‘qimagan osiy bo‘ladi, ammo diyndan chiqmaydi, deganlar.

27 Май 2022, 05:57 | Савол-жавоблар | 164 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar