RAMAZONDAGI IFTORLIKLAR

Assalomu Alaykum va Roxmatulloxi va Borakotuxu va Maxfiratixi va Rizvanaxu Xurmatli Shayx Xazratlari.Sizga bermokchi bulgan savollarimda Xatoliklar bulsa oldindan uzr surayman.Savol Ramazon oyidagi iftorliklar xakida.Bizda(Xorazmda)iftorliklarlarni kishlogimizda,30tadan birgalashib,xar kuni bir kishinikida iftorlik berilib tarovex namozi ukiladi.Lekin achinarlisi shundaki,iftorlikka kushilgan 30 ta odamdan 6-7 kishi namoz ukib Ruza tutishadi,kolganlari namoz xam ukimaydi Ruza xam tutishmaydi.Men xam 3-4 yil oldin shu 30 talik ichida iftor berib katnashib yurardim,Keyin bir gap eshitib koldim.Kishi namoz ukib Ruza tutsayu iftorlik bersa va shu iftorlikga Ruza tutmagan(benamoz) kishilarni xam taklif kilib ularga Osh bersa Gunoxga botarkan,1-savol ;Shu gap rostmi?Shari’atimizda bu tugrida biror bir xukm bormi? Shu gapni eshitganimdan buyon men mana shu 30talikka kushilmay uzim aloxida Ruzadorlarni chakirib iftorlik beradigan buldim.2-savol :Meni kilgan Ishim tugrimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ro‘za tutmaslik va namoz o‘qimaslik katta gunoh. Iftorlik ixtiyoriy ish. Iftor degani ro‘zador odamning ro‘zasini ochishidir. Bero‘zaga qanaqa iftor bo‘lishi mumkin?

27 Май 2022, 06:01 | Савол-жавоблар | 169 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar