qadr kechasidagi tavof

Assalamualeykum.Muborak Ramazon kunlarini musofirchilikda,o‘zga yurtda o‘tkizyapman.Allohga shukr,namozlarni va tarovix namozlarini turk masjidlaridan birida ado qilyapman.Shu masjid imomi bilan qadr kechasi xaqida suxbatlashgan edim.Imomning aytishicha kechaning bir qismida payg‘ambarimiz Muhammad (SAV)ning muborak soqollaridan bir tolasini tavof qilinar ekan.Muborak tola Istambuldan "Muqaddas narsalar" saqlanadigan museydan keltirilar ekan va bazi turk masjidlarida qadr kechasi tavof marosimi o‘tkazilar ekan.Masjid imomi meni xam tavof qilishga chaqirdi.Chunki biz bir Xanafiy mazxabi vaqillari ekanligimizni sabab qilib ko‘rsatti.Xazrat, mening bu kechada turk birodarlarim bilan Payg‘ambarimizni muborak soqollaridan bir to‘lasini tavof qilishim bizning mazxabimiz,yani Xanaifiy mazxabida durustmi? Shariyatimiz bu turdagi tavof xaqida qanday xukm qiladi?Xazrat, asli "tavof"ning ma‘nosi nima? Tavof qilishdandan maqsad nima? Agar dinimiz tavof qilishga ruxsat bergan bo‘lsa, qaerlarni,nimalarni va kimlarni tavof qila olishimiz mumkin?Xazrat sizning dinimiz yo‘lida qilayotgan bu xizmatlaringizga duo qilish va tashakkur aytishdan boshqasi qo‘limizdan kelmas.Alloh sizni oxiratda ajrlari bilan mexmon qilsin.Omin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tavof aylanish degani. Aslida Ka’bani tavof qilinadi. Siz aytganga o‘xshagan narsalarni ziyorat qilish desa, to‘g‘ri bo‘ladi.

27 Май 2022, 06:07 | Савол-жавоблар | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar