Vaziyatni bilmay kelishib olish

Assalomu alaykum! Meni bir o‘rtog‘im Angilyada ish borligini ketishga 3500$ ketishini aytdi men rozi bo‘ldim. 2500$ni berdim, 1000$ni ishlab bergani kelishdik. Angilyaga kelib bilsam kelish xarajatlariga 1500$ ketarkan, ko‘pchilik odamlar o‘zlari shunday pul bilan kelishgan ekan. Saytlariga yozib anketa to‘ldirsa bo‘ldi ekan. Do‘stim shu saytni topib mendan 1000$ foydalanib, yana shuncha pul olishni niyat qilgan. Men endi qolgan 1000$ni bermasam bo‘ynimda qarz bo‘lib qoladimi yoki berishim shartmi? (Men beraman deb kelishib kelgandim bunchalik arzonligini bilmay).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uning xizmatidan foydalanib bo‘libsiz, endi kelishilgan pulni berishingiz kerak. Siz unga holatni tushuntirib, pulni kamaytirishni so‘rab ko‘ring. Vallohu a’lam!

28 Май 2022, 16:25 | Савол-жавоблар | 178 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar