Homiladorni nikoxga olish

Assalomu alaykum! Bir tanishim uylanmoqchi lekin kelin bo‘lmish turmushidan ajrashgan va 2 oylik xomilasi bor, bu xolatda o‘z nikoxiga olsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq olgandan yoki er vafot qilgandan keyin ayol kishi idda o‘tirishi shart. Iddasi tugamagan ayolga o‘qilgan nikoh bog‘lanmaydi. Homilador ayolning iddasi homilasini tug‘gunicha bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Май 2022, 16:35 | Савол-жавоблар | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar