Ishchilarga kunlik xaq to‘lash

Assalomu alaykum! Men ustaman. Men obektlarni ulchamiga qarab xaq olaman. Masalan bitta xonaning necha m² ekanligiga qarab xaq olaman. Savolim shundan iboratki, men usta bolalarni kunlik xaq evaziga ishlatishim joizmi. Men bilan bir xil ish qilishadi, lekin ishni men gaplashganim uchun va ularni ish bilan taminlaganim uchun ularga kunlik yoki oylik xak to‘lashim joizmi? Ularning ustidan olgan pulim men uchun xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror ishni bajarib berish borasida shartnoma tuzib, o‘sha ishning bajarilishi javobgarligini to‘liq zimmangizga olib, so‘ngra o‘zingiz boshqa ishchilarni kunlik yoki oylik yoki ishbay qilib yollab o‘sha ishni ularga bitirtirishingiz joiz. Sharti shuki, ish egasi o‘sha ishni aynan o‘zingiz bajarishingiz lozimligini shart qilmagan bo‘lsin. Ishchilar ham aynan siz bilan bitm tuzishsin. Vallohu a’lam!

28 Май 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar