Qo‘shnini uyiga kirsam 3 taloq

Assalomu alaykum! 1. Turmush o‘rtog‘im jaxl ustida qo‘shnini uyiga kirsam 3 taloq sanga uyingga ketaver dedi. Jaxldan tushganlaridan keyin aytgan gapini aytsam tan olmayaptila taloq beraman deb aytdim taloq sanga ket demadim deb tan olmayapti. Beixtiyor qo‘shnini uyiga kirib qolsam Manga endi taloq tushgan hisoblanadimi? 2. Taloq tushgan bo‘lsa qancha vaqtdan keyin nihoh o‘qitsak bo‘ladi 3. Nikoh o‘qitguncha bir uyga bir xonada yashashimiz to‘g‘rimi 4. Taloq deb aytilgan keyin afsuslansa aytgan gapimni qaytib oldim desa oramizga taloq tushmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar “qo‘shnining uyiga kirsang uch taloqsan” degan bo‘lsa qo‘shnining uyiga kirgan zahotingiz uch taloq tushadi. O‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini puxta biladigan biror haiqiy ahli ilmga uchrab holatingizni aniqlashtirib olinglar. Vallohu a’lam!

31 Май 2022, 23:58 | Савол-жавоблар | 215 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar