Aroq charchoq chiqaradimi

Assalomu alaykum! Xo‘jainim aslida juda yaxshi inson. Lekin bir odatlari meni ko‘p o‘ylantiradi. Ramazon oyida bir kun xam qoldirmay ro‘za tutdilar, aroq ichmadilar. Ammo oy tugashi bilan avvalgi odatlar takrorlanyapti. Do‘stlari bilan xar juma namozga chiqadilar va shu kuni kechga yoki shanbi kuni ichib keladilar. Unday qilinmaydi desam juda ko‘p ishlayman charchog‘im chiqadi deydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aroqxo‘rlar o‘zlarini qilayotgan bu harom ishlariga uzr topish uchun mingta bahona to‘qiydilar. Bularning barchasi bekordir. Mast qiluvchi ichimliklar har qanday holda ham haromligicha qolaveradi. Vallohu a’lam!

1 Июн 2022, 00:08 | Савол-жавоблар | 214 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar