Otam, akalarim va kasbim

Assalomu alaykum! Uydagilarim, xususan otam va akalarim, ko‘proq maosh oladigan ishga targ‘ib qilaverishadi. Men esa o‘zimga mos keladigan, ibodatlarimga xalaqit bermaydigan (ayniqsa Juma namoziga), ishda ishlashga harakat qilaman. Bir ishga sinov muddati asosida kirgan edim. Va agar o‘zimni yaxshi ko‘rsatsam, ishga olishlari va ma’lum bir oylik berishlari kerak bo‘ladi. Shuni otam va akalarimga aytsam, ular kulishdi (oylik juda kam deb). Uyimizda asosiy maqsad: qancha ko‘p pul topsang shuncha yaxshi (qancha tez bo‘lsa ham shuncha yaxshi) degan g‘oya oldinga qo‘yiladi. Men buning tarafdori emasman. Bu haqida gap ketganida sukut saqlash harakat qilaman (chunki qattiq gapirib qo‘yishim mumkin). Akalarim ishla tanlashga aqling etmayapti, shuncha o‘qib shunday ishda ishlaysanmi deyishyapti. Shu vaziyatda nima qilishimni tavsiya etasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish tanlashda shariatni mezon qilib oling. Harom yoki makruh yoki shubhali kasbdan uzoq bo‘ling. Qobiliyatingiz va mahoratingizga mos bo‘lgan, ibodatlarni to‘kis ado qilishga sharoiti bor bo‘lgan eng maqbul ishni tanlang va o‘shani ixlos bilan bajaring. Bor kuchingizni sarflang. Alloh taolo o‘zi baraka ato qiladi. Vallohu a’lam!

2 Июн 2022, 17:56 | Савол-жавоблар | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar