Internetdagi trial fayllar

Assalomu alaykum! Men media sohasida ishlayman shuning uchun menga turli xil internetdan rasmlar yoki videolar kerak bo‘ladi. Chiroylilari esa pullik lekin o‘sha saytlar nechtadir rasmni tekinga berishadi. Men ularni olish uchun turli akkauntlardan ro‘yxatdan o‘taman. Va menda akkauntimda ortib qolgan fayllarni boshqalarga sotishligim joizmi yoki nojoizmi? Yoki meni ko‘p akkaunt ochib pullik narsalarni tekinga olishligimchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning savolingiz mualliflik huquqi hukmlariga taalluqlidir. O‘sha mahsulotlarni ko‘paytirish, nashr qilish, tijorat maqsadida foydalanish huquqi muallif tomonidan cheklab qo‘yilgan bo‘lsa, u bilan kelishmay turib bu ishlarni qila olmaysiz. Vallohu a’lam!

7 Июн 2022, 14:46 | Савол-жавоблар | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar