Sotuvdagi holat

Assalomu alaykum! Alloh taoloning O‘zi sizdan rozi bo‘lsin ustoz. Men yaqinda yangi ishga sinov muddati asnosida kirgan edim. Bu erda onlayn platform sotiladi (to‘g‘rirog‘i uni ishlatish huquqi oylik to‘lov evaziga). Har oy ma’lum miqdorda sotuvni oshirish uchun aksiyalar qilinadi, shunda joylar cheklangan yoki muddati chegaralangan deb telefonda aytiladi, ularni sotuvga undash uchun. Lekin etarli miqdordagi odam yig‘ilmasa muddat cho‘ziladi (oyni oxirigacha cho‘zilishi mumkin) va aslida joylar chegaralangan bo‘lmaydi (mening nazdimda), chegaralangan bo‘lsa ham u chegara katta ehtimol bilan to‘lmasligini inobat oldadigan bo‘lsak uni chegara deb hisoblamasak ham bo‘ladi. Shunday sotuv joizmi? Va joiz bo‘lmasa qanday buni ish beruvchilarga tushuntirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida yo‘q narsani bor deb da’vo qilish yolg‘ondan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

7 Июн 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar