Qiz bola o‘qishi
Assalomu alaykum! Men bir qiz bolaman, bir o‘quv kursiga yozilgan edim. Bu guruhda qiz bola faqat men ekanman. Alhamdulillah satri avratdaman, nomahramlar bilan qanday chegarada bo‘lish kerakligi haqida bilimim bor. Kurs davomiyligi bir oy, ibodatga alohida ayollar uchun xonasi bor. Dars xonalari oynalar bilan o‘ralgan, ya’ni xonalar ichi ko‘rinib turadi. Savolim shundan iboratki, fitnaga sabab bo‘ladigan ishlar qilmasdan, shariat chegarasida bo‘lib o‘qishimni davom ettirsam bo‘ladimi? Men tanlagan kurs bo‘yicha guruh faqat bitta bo‘lgani uchun boshqa guruhga o‘tish imkoni yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon bo‘lsa, biron mahramingiz yoki dugonangiz birga qatnashsin. Vallohu a’lam!
7 Июн 2022, 16:27 | Савол-жавоблар | 187 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon bo‘lsa, biron mahramingiz yoki dugonangiz birga qatnashsin. Vallohu a’lam!
7 Июн 2022, 16:27 | Савол-жавоблар | 187 | Halol va harom