Xomladorga taloq tushadimi

Assalomu alaykum! Ayol kishi xomladorlik vaqtida taloq tushsa uning xukmi qanday va qancha vaqt idda saqlaydi? Shu maalumotga javob topa olmadim. Bir tanishim savol berdi, u birodarimiz uylangan va taloq masalarini yaxshi bilmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homilador hur ayolning ham, cho‘rining ham eri o‘lgandan keyingi iddasi homilasini tug‘ishidir.
Chunki Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qilgan:وَأُوْلَاتُ الْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ «Homiladorlarning iddasi homilalarini qo‘ymoqlikdir» (Taloq surasi, 4-oyat).
Bu hukmga hadisdan ham dalil bor:قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: اجْتَمَعَ أَبُو سَلَمَةَ وَابْنُ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، وَهُمَا يَذْكُرَانِ الْمَرْأَةَ تُنْفَسُ بَعْدَ وَفَاةِ زَوْجِهَا بِلَيَالٍ، فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: عِدَّتُهَا آخِرُ الْأَجَلَيْنِ، وَقَالَ أَبُو سَلَمَةَ: قَدْ حَلَّتْ بِالْوَضْعِ، فَجَعَلَا يَتَنَازَعَانِ، فَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: أَنَا مَعَ ابْنِ أَخِي، فَبَعَثُوا كُرَيْبـًا إِلَى أُمِّ سَلَمَةَ يَسْأَلُهَا، فَجَاءَهُمْ، فَأَخْبَرَهُمْ أَنَّ أُمَّ سَلَمَةَ، قَالَتْ: إِنَّ سُبَيْعَةَ الْأَسْلَمِيَّةَ نُفِسَتْ بَعْدَ وَفَاةِ زَوْجِهَا بِلَيَالٍ، وَإِنَّهَا ذَكَرَتْ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، فَأَمَرَهَا أَنْ تَتَزَوَّجَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.
وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: وَضَعَتْ سُبَيْعَةُ بَعْدَ وَفَاةِ زَوْجِهَا بِثَلَاثَةٍ وَعِشْرِينَ أَوْ خَمْسَةٍ وَعِشْرِينَ يَوْمًا، فتَشَوَّفَتْ لِلنِّكَاحِ، فَأُنْكِرَ عَلَيْهَا، فَذُكِرَ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، فَقَالَ: «إِنْ تَفْعَلْ فَقَدْ حَلَّ أَجَلُهَا
» Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Abu Salama va Ibn Abbos roziyallohu anhumo jam bo‘lganlarida, erining o‘limidan bir necha kecha o‘tib tug‘adigan ayolni zikr qilib qolishdi. Ibn Abbos:
«Uning iddasi ikki muddatning uzog‘i», dedi.
Abu Salama bo‘lsa:
«Tug‘ishi bilan halol bo‘ladi», dedi.
Ikkovlari tortisha boshladilar.
Shunda Abu Hurayra roziyallohu anhu:
«Men birodarimning o‘g‘li tomonidaman», dedi.
So‘rab kelish uchun Kuraybni Ummu Salamaning oldiga yuborishdi. U kelib:
«Ummu Salama: «Subay’a al Aslamiyya erining vafotidan bir necha kecha o‘tib tug‘di. Keyin buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytgan edi, u zot uni erga tegishga amr qildilar», deb aytdi», dedi».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Termiziyning lafzida:
«Subay’a roziyallohu anho erining vafotidan yigirma uch yoki yigirma besh kun o‘tib tug‘di. So‘ngra nikohlanmoqchi bo‘ldi. Bu unga inkor qilindi. Keyin bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilingan edi, «Agar qilmoqchi bo‘lsa, muddati keldi», dedilar», deyilgan.
Kichik yoshdagi erning o‘limidan keyin homilador bo‘lgan ayolning iddasi o‘lim iddasidir. Ikki holatda ham nasab sobit bo‘lmaydi.
Bu faraziy bir masaladir. Bir ayol go‘dak bolaga nikohlangan edi. Bola o‘lib qoldi. Undan keyin ayol homilador bo‘ldi. U homiladorlik iddasini emas, eri o‘lganlik iddasini saqlaydi. Chunki eri o‘lganda u homilador emas edi. Kichik yoshdagi bolaning nikohida bo‘lgan ayol uning tirikligida homilador bo‘lsa ham, o‘lganidan keyin bo‘lsa ham, bolaning nasabi sobit bo‘lmaydi. Chunki kichik yoshdagi boladan homila bo‘lishi mumkin emas. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!

7 Июн 2022, 21:22 | Савол-жавоблар | 170 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar