Vallohu a’lam xaqida

Assalomu alaykum! Berilgan savollarga javobingiz so‘ngida Vallohu a’lam deb tugatiladi. Bu jumla asosan shar’an javobi yo‘q, javobi aniq bo‘lmagan narsalarga ishlatidimi? Aniq javobi bor savollarni xam oxirida shu jumla ishlatiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu “Vallohu a’lam” deyish Alloh taologa nisbatan qilinadigan odob hisoblanadi. Chunki inson toqati etganicha o‘qib o‘rganadi, lekin bandaning ilmi hamma vaqt ham to‘liq bo‘lmaydi. Shunda “Ayni haqiqat va eng to‘g‘risini Alloh biladi” deb qo‘yiladi. Bu narsa bizga sahobai kirom roziyallohu anhumlardan meros bo‘lib qolgan. حَدَّثَنَا أَبُو عُثْمَانَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرٍأَنَّ أَصْحَابَ الصُّفَّةِ كَانُوا أُنَاسًا فُقَرَاءَ، وَأَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ كَانَ عِنْدَهُ طَعَامُ اثْنَيْنِ فَلْيَذْهَبْ بِثَالِثٍ، وَإِنْ أَرْبَعٌ فَخَامِسٌ أَوْ سَادِسٌ». وَأَنَّ أَبَا بَكْرٍ جَاءَ بِثَلَاثَةٍ فَانْطَلَقَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِعَشَرَةٍ، قَالَفَهْوَ أَنَا وَأَبِي وَأُمِّي، فَلَا أَدْرِي قَالَوَامْرَأَتِي وَخَادِمٌ بَيْنَنَا وَبَيْنَ بَيْتِ أَبِي بَكْرٍوَإِنَّ أَبَا بَكْرٍ تَعَشَّى عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ثُمَّ لَبِثَ حَيْثُ صُلِّيَتِ الْعِشَاءُ، ثُمَّ رَجَعَ فَلَبِثَ حَتَّى تَعَشَّى النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَجَاءَ بَعْدَ مَا مَضَى مِنَ اللَّيْلِ مَا شَاءَ اللهُ، قَالَتْ لَهُ امْرَأَتُهُوَمَا حَبَسَكَ عَنْ أَضْيَافِكَ أَوْ قَالَتْ ضَيْفِكَ -؟ قَالَأَوَمَا عَشَّيْتِيهِمْ؟ قَالَتْأَبَوْا حَتَّى تَجِيءَ، قَدْ عُرِضُوا فَأَبَوْاقَالَفَذَهَبْتُ أَنَا فَاخْتَبَأْتُ، فَقَالَيَا غُنْثَرُ، فَجَدَّعَ وَسَبَّ، وَقَالَكُلُوا لَا هَنِيئًافَقَالَوَاللهِ لَا أَطْعَمُهُ أَبَدًا، وَايْمُ اللهِ مَا كُنَّا نَأْخُذُ مِنْ لُقْمَةٍ إِلَّا رَبَا مِنْ أَسْفَلِهَا أَكْثَرُ مِنْهَاقَالَيَعْنِي حَتَّى شَبِعُوا وَصَارَتْ أَكْثَرَ مِمَّا كَانَتْ قَبْلَ ذَلِكَ، فَنَظَرَ إِلَيْهَا أَبُو بَكْرٍ فَإِذَا هِيَ كَمَا هِيَ أَوْ أَكْثَرُ مِنْهَافَقَالَ لِامْرَأَتِهِيَا أُخْتَ بَنِي فِرَاسٍ، مَا هَذَا؟ قَالَتْلَا وَقُرَّةِ عَيْنِي، لَهِيَ الْآنَ أَكْثَرُ مِنْهَا قَبْلَ ذَلِكَ بِثَلَاثِ مَرَّاتٍفَأَكَلَ مِنْهَا أَبُو بَكْرٍ وَقَالَ: إِنَّمَا كَانَ ذَلِكَ مِنَ الشَّيْطَانِ يَعْنِي يَمِينَهُ ثُمَّ أَكَلَ مِنْهَا لُقْمَةً، ثُمَّ حَمَلَهَا إِلَى النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَأَصْبَحَتْ عِنْدَهُ، وَكَانَ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمٍ عَقْدٌ، فَمَضَى الْأَجَلُ، فَفَرَّقَنَا اثْنَا عَشَرَ رَجُلًا، مَعَ كُلِّ رَجُلٍ مِنْهُمْ أُنَاسٌ، اللهُ أَعْلَمُ كَمْ مَعَ كُلِّ رَجُلٍ فَأَكَلُوا مِنْهَا أَجْمَعُونَ، أَوْ كَمَا قَالَأطرافه:Abu Usmon Abdurrahmon ibn Abu Bakr roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi:
«Ahli suffa faqir kishilar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning ikki kishilik taomi bo‘lsa, uchinchi(kishi)ni, to‘rt (kishilik taomi) bo‘lsa, beshinchi yoki oltinchi(kishi)ni olib ket(ib, to‘ydir)sin», dedilar. Abu Bakr uch kishini olib keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘n kishini olib ketdilar.
(Abdurrahmon) dedi: «Men, otam va onam bor edik – Abu Usmon: «Xotinim hamda biz bilan Abu Bakr xonadoni o‘rtasidagi xizmatchi ham bor edi», dedimi, bilolmadim», degan – Abu Bakr Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida kechki ovqatni edi. So‘ng xufton o‘qilguncha turdi. Keyin qaytib, Nabiy sollallohu alayhi vasallam taomlangunlaricha kutib turdi. So‘ng kechadan Alloh xohlaganicha o‘tganidan keyin keldi. Ayoli unga: «Mehmonlaringizdan – yoki mehmoningizdan – nega ushlanib qoldingiz?» dedi. U: «Ularni ovqatlantirmadinglarmi?!» dedi. (Ayoli:) «Kelmaguningizcha ko‘nishmadi. Berildiyu, bosh tortishdi», dedi. 
(Abdurrahmon) dedi: «Men borib yashirinib oldim. Abu Bakr: «Ey nodon!» dedi va «Quloq-burning kesilsin!» deb so‘kdi-da: «Englar, tatimasin. Allohga qasamki, uni emaganim bo‘lsin», dedi. Allohga qasamki, luqma olganimiz sari (taom) tagidan ortib, bundan ham ko‘payaverdi, ya’ni nihoyat, to‘yganlarida oldingidan ko‘proq bo‘lib qoldi. Abu Bakr qarasa, u avvalgiday yoki undan ham ko‘p bo‘lib qolibdi. Shunda ayoliga: «Ey Banu Firoslik, bu nimasi?» dedi. (Xotini:) «Ko‘zlarimga ishonmayman, hozir u oldingidan uch barobar ko‘proq», dedi.
Abu Bakr undan edi va oldin qasam ichganini nazarda tutib: «Bu shaytondan bo‘ldi», dedi. So‘ng undan (yana) bir luqma edi-da, keyin uni Nabiy sollallohu alayhi vasallam tomon ko‘tarib bordi. (Taom) tonggacha u zotning oldilarida turdi. Biz bilan bir qavm o‘rtasida kelishuv bo‘lib, muddati tugagan edi. U zot bizlarni o‘n ikki kishiga bo‘ldilar. Har bir kishi bilan bir necha odam bor edi. Har bir kishi bilan qanchadan odam borligini Alloh biladi. Keyin hammalari undan eyishdi». 
Yoki shunga o‘xshash gapni aytdi».حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، حَدَّثَنَا الزُّهْرِيُّ، عَنْ هِنْدٍ بِنْتِ الْحَارِثِأَنَّ أُمَّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْكَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا سَلَّمَ قَامَ النِّسَاءُ حِينَ يَقْضِي تَسْلِيمَهُ، وَمَكَثَ يَسِيرًا قَبْلَ أَنْ يَقُومَقَالَ ابْنُ شِهَابٍفَأُرَى وَاللهُ أَعْلَمُ أَنَّ مُكْثَهُ لِكَيْ يَنْفُذَ النِّسَاءُ قَبْلَ أَنْ يُدْرِكَهُنَّ مَنِ انْصَرَفَ مِنَ الْقَوْمِUmmu Salama roziyallohu anho aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (namozdan so‘ng) salom berib bo‘lishlari bilanoq ayollar turib ketishardi. U zot turmasdan avval o‘rinlarida biroz qolar edilar».
(Roviylardan biri) Ibn Shihob aytadi: «Menimcha, u zotning biroz to‘xtab turishlari ayollarning namozdan turayotgan odamlarga ro‘para bo‘lmay turib, tarqalib ketishlari uchun bo‘lgan. Yana Alloh biladi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

15 Июн 2022, 19:00 | Савол-жавоблар | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar