O‘rtakash
Assalomu alaykum! Men bir "A" firmada snabjeniya bolimida ishlayman va u yerdan oylik maoshi olaman. Meni vazifam U "A" firmada arzon va kachestvennыy tovarlar topishdan iborat misol uchun (samorez). Birxilarida bozordan 100 sumga eng arzon va kachestvennыy samorez topib, ishlavotgan "A" firmamga 150 sotaman lekin 100 so‘mdan olishimi xojayinla bilmaydi. O‘zimni shaxsiy "B" firmam bor. Birinchi o‘zimi "B" firmamga sotib olib kegin ishlavotgan "A"firmaga sotaman. Lekin pulni "A" firmadan avans sifatida o‘zimni firmamga o‘tkazib olaman keyin o‘zimni "B" firmamdan bozorchiga o‘tkazaman Shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Siz o‘sha firmaga xiyonat qilayotgan ekansiz.Vakillikdagi nozik masalaHozirgi kunda rivojlanayotgan “tadbirkor”lik ko‘rinishlaridan biri vakil o‘laroq xizmat qilishdir. Bunda ba’zi bir kishilar kompaniya, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, katta zavod-fabrikalar yoki oddiy bino qurayotgan shaxslar tarafidan ularga kerakli narsalarni sotib oluvchi “vakil” kishilardir. Ular o‘z xizmatlari mobaynida ba’zi bir do‘konlardan yuqorida zikr qilingan tashkilot yoki shaxslarga kerakli narsalarni sotish yoki sotib olishga vakil bo‘ladilar.
Ish mobaynida ularga kerakli narsalarni sotish bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar: “Bizdan xarid qilsangiz, falon foiz chegirma beramiz” yoki vakil: “Sendan shu narsani olaman, lekin evaziga menga faloncha chegirma qilib berasan” degan shartni qo‘yadi. Tabiyki doimiy xaridor bo‘lishi uchun bu shartlarga kelishuv bitmi tuziladi va evaziga o‘sha vakilga kelishilgan chegirma ham beriladi. Bu chegirmalar vakilni vakillikka olgan kompaniya va tashkilotlarning haqqi hisoblanadi. Chunki vakil o‘sha kompaniyaga sotib olayotganligi uchungina bu chegirmalar qilinmoqda. Mabodo shu ish orqali biror kishi chegirmalarni o‘z yoniga olib qolsa, vakil qilgan tarafga xiyonat qilib, haqqidan urib qolgan hisoblanadi. Vakil qilgan taraf chegirmasiz narxga rozi bo‘lsada, baribir chegirmalar ham uning haqiligicha qoladi. Vakil chegirmaga sabab bo‘lsada, vakilligini chiroyli ado qilgan darajada bo‘ladi.
Masalan ustalar biror shaxsning uylarida ish yuritayotgan bo‘lsalar, kerak bo‘lgan qurilish mahsulotlarini uy egasiga bildirmagan holda do‘kondor bilan yashirincha shartnoma tuzib, “Senga xaridor olib kelaman, evaziga mening faloncha xissamni ham o‘sha mahsulotning qiymatiga qo‘shib aytasan. So‘ng o‘shani o‘zimga alohida berasan” deydi. Bu ochiq-oydin xiyonat bo‘lib, bu dunyodan ham, oxiratda ham qaytarib berilishi kerak bo‘lgan haqdir. Shuningdek “Doimo sizdan olganim uchun menga haq chiqarib berasiz” deb kelishilgan suratdagi mahsulotning narxidan qilingan chegirma ham, uni vakil qilgan shaxsning haqqi hisoblanadi. Ba’zilar shu o‘rinda vakil avval u narsalarni o‘zi uchun sotib olib, keyin vakil qilgan shaxslarga ular rozi bo‘ladigan narxda sotish hiylasini ham qiladilar. Bu o‘rinda vakil, vakil qilgan tarafning omonatdor kishisi hisoblanadi. Omonatdor shaxs o‘ziga sotib olishi joiz emas. Har bir sotib olgan narsasi uni vakil qilgan kishi uchun bo‘ladi. Uning bu qilgan hiylasi, haromni halol qilib bera olmaydi. Shu o‘rinda shunga tegishli bir savol javobni keltirib o‘tamiz.
Savol. Men bir tashkilotning ishchisiman, tashkilot rahbari bizga mashina kerakligini va bor odam bilan qiymatini aniqlab, savdolalashishim kerakligini aytdi. Men kimda mashina borligi va qiymati qancha ekanligini aniqlab rahbarga aytdim. U biz kelishgan qiymatga rozi bo‘ldi. Sotuvchi oldiga borganimda, sotuvchi u narsani men uchun kelishilgan narxdan arzogrog‘iga berishini aytdi. Boshliq narx bilan sotuvchi aytgan narxning o‘rtasidagi farqni o‘zimga olib qolsam bo‘ladimi?
Javob. Siz oylik yoki kelishilgan narxga xizmat qiluvchi xizmatchi hisoblanasiz. Siz qilgan savdoda haridor tarafidan vakil hisoblanasiz. Sotib olingan narsada rahbar rozi bo‘lgan narxdan kamiga kelishilgan suratida ham sizni shu ishga yollagan odamning haqqi bo‘ladi. Ikki narx orasidagi tafovutni o‘zingizga olishingiz halol bo‘lmaydi. (“Yangi masalalarning shar’iy hukmlari” kitobidan). Vallohu a’lam!
16 Июн 2022, 21:07 | Савол-жавоблар | 165 | Moliya va tijorat