Rozimasman desa

Assalomu alaykum! Biz talabamiz. Yaqinda darsxonada bir do‘stimizning eguligini (arzon 2-3 ming so‘mlik narsa) o‘zidan so‘ramay eb qo‘yibmiz. Keyin o‘ziga aytsak, men rozi emasman, men aytgan pulni bermasanglar rozi bo‘lmayman, qiyomatda olaman deb, kattagina summa aytdi. Biz unga o‘sha narsasi yoki uning bir necha barobar pulini beramiz desak ham ko‘nmayapti. Uning shunday deyishga haqqi bormi? Biz nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning molini beruxsat olib gunoh ishga qo‘l urgansizlar. Endi tavba va istig‘for aytishingiz, agar mavjud bo‘lsa o‘sha buyumning mislini (ya’ni, aynan o‘shandekini),  agar mavjud bo‘lmasa uni tortib olgan kuningizdagi bozor qiymatini to‘lab berishingiz lozim. Tortib olingan mol egasi o‘sha mol yoki uning misli yoki uning qiymatidan ortig‘ini talab qila olmaydi. Vallohu a’lam!

18 Июн 2022, 21:08 | Савол-жавоблар | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar