Burundagi yiring va tahorat

Assalomu alaykum! Men taxminan 6-7 yil avval gaymarit bo‘lganman. Tuzalganimdan so‘ng shu kungacha deyarli har shamollaganimda burnimdan oq suyuqlik chiqadi. Va men buni oddiy holat deb qabul qilgan holda burnim qoqib, namozimni o‘qib yuraverganman. Men odatda kasalliklardan dori iste’mol qilmasdan tuzalishga harakat qilar edim. Shuning uchun burun oqishi 1-2 haftaga ham cho‘zilishi mumkin bo‘lgan. Hozir esa bu narsa tahoratni botil qilishini o‘qib tushundim. Bu holda qancha namozni o‘qiganimni bilmayman. Endi men nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qancha namozlarni betahorat o‘qiganingizni tahminan hisoblab, qayta o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

18 Июн 2022, 21:48 | Савол-жавоблар | 179 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar