Qasam kafforatiga oid

Assalomu alaykum! Shu yilning ohirigacha qandaydir ishni har oy qilib boraman deb qasam ichgan bo‘lsa orada qila 2 oy qila olmagan bo‘lsa 2 marta qasam kafforati to‘lanishi kerak. 1) Qasam kafforatini nazarda tutilgan holatga bog‘lasa bo‘ladimi? Do‘stim nomidan: Misol uchun har oy ota-onamga oyligimning 10% miqdori ajratib beraman deb qasam ichgan va u payt O‘zbekistonda istiqomat qilardi va hozir boshqa davlatga ko‘chib o‘tgan ishlari yaxshi bo‘lmayapganligi sababli ota-onasiga oylikning 10% miqdorida pul jo‘nata olmayapti. Men qasam ichgan paytim "shu yil ohirigacha oyligimning 10% miqdori" og‘zimdan chiqgan lekin u payt O‘zbekistondagi oyligimni nazarda tutib aytganman. Taqdir taqazosi bilan boshqa davlatga ko‘chishimga to‘g‘ri keldi va o‘zimni holatimni yaxshilab olishim uchun 3-4 oycha vaqt oylikni o‘zim uchun sarflashim kerak va bu davlatdagi oyligim qasam ichayotgan payt nazarda tutilmagan chunki hayolda ham bo‘lmagan. Hozircha 2 oy 10% miqdordagi pulni jo‘nata olmadim. Bu vaziyatda qasam kafforati to‘lanadimi? 2) Ko‘chalarda tunab yuruvchi insonlarni miskin deb hisoblasa bo‘ladimi? 3) Men hozirgi vaqtda chet davlatida yashayman. Bu yerda ovqatga muhtoj ko‘chada uhlaydigan insonlar ko‘p. Ba’zi paytlarda valantyorlar ularga bepul ovqat tarqatishadi. Ovqatga muhtoj insonlarning ko‘pchiligi boshqa din vakillari shu insonlarga qasam kafforatini bersam bo‘ladimi? 4) Qasam kafforati 1 qasam kafforati uchun 1 miskinning 10 kunlik taomi yoki 10 miskinning 1 kunlik taomi miqdori hisoblanadi ya’ni 10 miskin uchun 1 kun 3 mahal ovqat berish kerak. Men 1 qasam kafforati uchun 1 kunda 30 miskinning 1 mahallik ovqatini bersam bo‘ladimi? Qasam kafforatini niyat qilib oq qog‘ozga muhtojlar uchun bepul ovqat deb yozib tarqatishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qasam ichayotganda muayyan bir ishidan keladigan oyligini nazarda tutgan bo‘lsa o‘shanga qaydlanadi.2). Miskin deb hojatidan tashqari nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lmagan kishiga aytiladi. Shunga muvofiq, ko‘chada tunab yuruvchilar ham, ayrim uy-joyi borlar ham hojatidan oshiqcha nisobga ega bo‘lmasa miskin hisoblanishlari mumkin.3). G‘ayridinlarga zakot, fitr, nazr va kafforot kabilardan boshqa nafl sadaqalarnigina berish joiz.4). Kafforot ado bo‘lishi uchun 10 ta miskinni 3 mahal emas, 2 mahal to‘ydirish kifoya. Birinchi mahaliga bir miskinni, ikkinchi mahaliga boshqa miskinni to‘ydirsa durust bo‘lmaydi. Muayyan bir miskinni ikki mahal to‘ydirish lozim. 10 ta miskinning har biriga ikki mahal taomlanishga kifoya qiladigan miqdordagi taomni yoki uning qiymatini topshirsangiz ham joiz. Vallohu a’lam!

18 Июн 2022, 22:08 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar