Nomaxram bilan munosabat

Assalomu alaykum! Bir domlani: nomaxramni qo‘lini ushlagan kishi junub xukmida bo‘ladi, taxorati xam namozi xam o‘tmaydi g‘usl qilishi kerak deganini eshitib qoldim. Menda bir ikki marta shunday xolatlar bexosdan bo‘lgan, korzinka do‘konlarida kassirlar ayol kishi. Ulardan qaytim olayotganimda barmog‘im yoki qo‘lim bexosdan pul olayotganda tegib ketadi. Bundan judayam pushaymon bo‘lib tavba qilaman. Shu qilgan ishim nomaxramni ushlash xukmida bo‘ladimi? Junub xukmida bo‘lib taxoratim o‘tmaydimi? Namozlarim qabul bo‘lmaydimi? 2) Agar nomaxram ayollar ularning o‘zi nomaxram erkakni qo‘lidan ushlasa bexosdan yoki ataylab, orqasidan turtib qo‘ysa, erkak qarshilik qilsa gunoxi kimda bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Maniy yoki maziy chiqmagan bo‘lsa tahorat ham g‘usl ham lozim emas.2). Majburlagan taraf gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Июн 2022, 22:02 | Савол-жавоблар | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar