Repititorlik haqi

Assalomu alaykum! Men inliz tilidan pullik darslar o‘taman. Ba’zi ota-onalar oilaviy sharoit tufayli kursning oylik to‘lovini arzonlashtirishimni iltimos qilishadi. Men yordam bo‘lsin degan maqsadda oylik to‘lovni imkon qadar chegirib beraman. Yaqinda o‘ylab qoldim, men bu orqali qolgan o‘quvchilarimga nohaqlik qilmayapmanmi? Shar’iy tarafdan alohida odamlarga imtiyoz berishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xizmatingiz uchun haq belgilash o‘z ixtiyoringizdadir. Ba’zi o‘quvchilarga chegirma berib, ba’zilarga bermaslik shar’an man qilinmagan. Vallohu a’lam!

21 Июн 2022, 22:32 | Савол-жавоблар | 153 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar