Shifokor rizqi xalolmi
Assalomu alaykum! Man xo‘jayinimga topgan pulingiz xarom deganimning sababi: 1. U erga ayollarning 99.9% ulim xavfi bilan kelmaydilar. 2. Ayollar agar borishni xoxlasa, yonida boshqa shifoxonalar xam bor. 3. Ayollar avrati ochiq xolatda keladilar. 4. Xo‘jayinim ishlaydigar joylari birlamchi tibbiy yordam bo‘lgani uchun tanani malum joyga qarab va kerak bo‘lsa ushlab ko‘rishga xam to‘g‘ri keladi. Tushuning bu narsani xo‘jayinimga qarshi bo‘lish uchun emas(o‘zim xam shifokorman), bolalarimizning rizqini xalol bo‘lishi uchun xarakat qilganim uchun va rizq xarom bo‘lsa boshqa xalol rizqni topishimiz kerakligi uchun bu masalani kuzgattim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shifokor bemorni davolashda bor mahorati va ilmini sarflasa, beparvolikka yo‘l qo‘ymasa u uchun oladigan haqqi haloldir. Erkak shifokor zaruratsiz ayol bemorlarning avratini ko‘rishi va ushlashi joiz emas. Bu ish ayol shifokor topilmaganida, hamda avrat a’zolarni ko‘zdan kechirish yoki ushlash zaruriy bo‘lganidagina zarurat miqdoricha joiz bo‘ladi. Agar zaruratsiz nomahramning avratiga qarasa yoki ushlasa gunohkor bo‘ladi lekin oladigan puli harom emas. Vallohu a’lam!
22 Июн 2022, 19:02 | Савол-жавоблар | 371 | Halol va harom