Niyat uchun kaffarat bormi?

Assalomu alaykum! Men bir necha kun oldin "agar shu narsani qo‘lga kiritsam, ikki xafta davomida xar seshanba va payshanba (shu kunlari mashg‘ulotlarim yo‘qligi uchun) Ro‘za tutaman va boshqa savob ishlarni qilaman" deb niyat qilgan edim. Qasam ichmaganman va shu niyatni ichimda aytganman. 1) Shu niyatim nazr bo‘ladimi? 2) Men bir xaftada payshanba o‘rniga Juma kuni ro‘za tutdim. Sababi payshanba kuni imtixonim borligi uchun ro‘zam ochilib ketishi extimolidan qo‘rqqan edim. Endi niyatimni ustidan chiqmagan bo‘lib xisoblanadimi? Kafforat qilib 3 kun ro‘za tutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu nazrdir.2). Juma kuni ro‘za tutishingiz bilan nazr tufayli zimmangizga vojib bo‘lgan ro‘zani ado qilib bo‘lgansiz. Chunki “falon kuni ro‘za tutaman” deb nazr qilsa o‘sha kundan oldin yoki keyin ro‘za tutib nazrini ado qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Июн 2022, 09:16 | Савол-жавоблар | 171 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar