Ehtiyoj

Assalomu alaykum! Biz do‘mda yashaymiz. 2 oylik chaqalogim bor, havo issiqligi (ayniqsa plita domda) sabab chaqalogim injiqlanib uhlamay badaniga issiqlik toship ketyapti qaynonam ko‘chaga salqinga olib tushsalar uhlayapti. Lekin ho‘jayinim ko‘chaga chiqishga ruhsat bermaydilar hatto onalariga ham bola qiynalyapti issiqqa desak ham yo‘q deyaptilar. Kanalingizni kuzatadilar iltimos aytingchi 1-bolani olib tushishlari mumkunmi qaynonam ehtiyojga kiradimi havo olish ham? 2-Onaga u erga bormang ko‘chaga umuman chiqmang deyishga farzandning haqqi bormi? Albatta qaynonam noshariy joylarga bormaydilar borsalar do‘kon bozor yoki qarimdoshlarnikiga boradilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat xuddi aytganingizdek bo‘lsa eringiz zulm qilayotgan ekan. Odam bunchalik bo‘lmasligi kerak. Uyning ichida bola uchun kerakli sharoitni qilib bersin. Kasal bo‘lsa mutaxassis shifokorga ko‘rsatib davolatsin. Vallohu a’lam!

3 Июл 2022, 17:17 | Савол-жавоблар | 192 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar