Imom-xatibning axloqi borasida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men O‘sh shahridan Odiljon. Bizning mahalladagi jome’ masjidining imom-xatibi minbarda turib o‘z ma’ruzalarini axloqsiz darajada, odobsizlarcha, e’motsiyaga berilib behayo, uyat so‘zlarni bilan masala qiladi. Ayniqsa, yaqin kunlarni birida 20 chog‘lik o‘z shogirdlari orasidagi davrada erkak kishi ham uyaladigan darajada so‘zlar aytib masala qilgan va telefon orqali tasvirga olayotgan shogirdlariga yozishlarnini tavsiya qilib, vatsap dasturiga chiqarishni ma’qul ko‘rgan. Aslida, domlani ko‘targan masalasi shariyat asosida, mazhab imomimiz gaplariga monand aytilgan, biroq, og‘zidan chiqqan behayo so‘zlariga chidash qiyin. Siz muhtaramdan so‘ramoqchi bo‘lganim, men domlaga xulqi borasida, o‘zini tutib gapirish va shunday odobsizlarcha gaplarni aytishingizga bir hujjatingiz bormi, shariatimizda imom halqqa ibrat bo‘ladigan, odobda o‘rnak bo‘lishi kerak deb aytishim mumkinmi? Siz menga yana nima deb aytishimni tavsiya qilasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mumkin.

26 Май 2022, 19:44 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar