Qurbonlik qilinadigan qoramollarning yoshi

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda go‘shtga topshiriladigan aksariyat qoramollarni turli xil yo‘llar bilan semirtirib, 2 yoshga to‘lmasdan(asosan 1 yosh atrofida bo‘ladi) qassobga topshirishga tayyor qilishyapti. Bozorda go‘sht uchun sotuvga chiqariladigan ko‘pgina qoramollarning yoshi 2 yoshga to‘lmagan bo‘ladi. Yoshi 2 ga to‘lmagan, lekin etarlicha semiz qoramolni qurbonlik qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masala: Mol to‘liq ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki ikki yoshga to‘lishiga ikki kun qolgan bo‘lsa, uni qurbonlik qilish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

4 Июл 2022, 17:29 | Савол-жавоблар | 190 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar