Ahli ilmlarni haqorat qilganlarga javob berish
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda Ahli ilmlarni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qiladiganlar chiqqan (xususan izohlarda). Biz ularga ilmimiz etganicha javob yozsak, shu joizmi. Agar keskin haqorat qilingan bo‘lsa biz ham keskin javob yozsak bizning javobimiz ularga nisbatan haqorat hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqorat qiluvchi shaxsga u qilgan haqoratning mislicha javob qaytarish joiz. Bunda zinokorlikka dalolat qiluvchi so‘zlar bilan so‘kmaslik, zolimning ahli oilasi, qarindoshlari va yaqinlarini so‘kishga o‘tmaslik, hamda javob qaytarishda chegaradan chiqib mazlumdan zolimga aylanib qolmaslik kerak. Lekin unga javob qaytarmay afv qilishlik afzal va avlodir. SO‘KISh VA AYBLASh So‘kish va achitib gapirishning jamlab olingani arab tilida «bazo‘a» deyiladi. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi rost bo‘lsa ham, achchiq va besharm gapdir. Ulamo ahli uni quyidagicha ta’riflaydilar: G‘azzoliy: «U qabih sanalgan narsani ochiq-oydin so‘zlar bilan ifodalashdir», degan. Munoviy: «Bu kalom rost bo‘lsa ham, nutqdagi fahsh va qabihlikdir», degan. So‘kish yoki so‘kinish Islomda katta beodoblik va gunohlar qatoriga kiradi. U ijtimoiy aloqalarning buzilishiga, insonlarning haqoratlanishiga olib keladigan badxulqlikdir. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida so‘kishni qattiq qoralaganlar.عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سِبَابُ الْمُسْلِمِ فُسُوقٌ وَقِتَالُهُ كُفْرٌ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّAbdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kish fosiqlikdir. U bilan urishish kufrdir», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ma’lumki, fosiqlik katta gunoh hisoblanadi. Shariat ko‘rsatgan chegaradan chiqib, gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq hisoblanadilar. Fisq dindan chiqishning boshlanishi bo‘lib, tavba qilmasdan, o‘sha gunohni davom ettirgan odam dindan chiqadi. Shuning uchun ham hadisi sharifda «So‘kish fisq, urishish esa kufr» deyilyapti. Chunki fisq kufrga olib borganidek, so‘kish ham urishishga olib boradi. Odatda, odamlar so‘kishga uncha e’tibor bermaydilar. «So‘ksa, so‘kilib qolarmidi», deb ketaveradilar. «Falonchi bo‘lgandan keyin so‘kadi-da», degan noo‘rin mulohazalarni ham aytadilar. Aslida esa so‘kish gunoh va qabih ish bo‘lish bilan birga, o‘zidan ko‘ra kattaroq gunoh va halokatlarga eltuvchi yo‘l ham hisoblanadi. Imom Bazzor Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. U kishi sanadini payg‘ambarimizga etkazadilar. U zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kish halokat jari yoqasiga kelganligini anglatadi», degan ekanlar. Jar yoqasiga kelgandan so‘ng unga tushib ketish hech narsa bo‘lmay qoladi. Demak, so‘kishga nisbatan beparvo bo‘lish, so‘ksa nima bo‘pti, degan qabilida ish tutish mutlaqo noto‘g‘ri ishdir. Xususan, so‘kishni ko‘p ishlatadigan beodob odamlar katta gunohlarga sabab bo‘ladilar. Ular oliy ilm dargohlarini bitirganlar, katta mansablarni egallagan bo‘lishlari, yaxshi kiyinib, yaxshi yashashlari ham mumkin. Ammo modomiki, ichlarida yaxshilikka amal qildiruvchi kuch yo‘q ekan, og‘izlaridan chiqayotgan so‘zlarni tuzatmas ekanlar, kim bo‘lishlaridan qat’i nazar, fosiq bo‘ladilar, madaniyatsiz, tuban inson hisoblanadilar. O‘zaro muomalada birinchi bo‘lib so‘kkan odam katta ma’naviy jinoyat qilgan, oradagi hurmat va izzat, o‘zaro tushunish pardasini yirtgan, yomonlikka yo‘l ochgan bo‘ladi. Imom Bayhaqiy Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Har qanday ikki musulmonning orasida albatta, Alloh taolo tomonidan tutilgan parda bo‘ladi. Ulardan biri ikkinchisiga bir og‘iz so‘kish so‘z aytsa, Allohning pardasini yirtgan bo‘ladi», deganlar. Islom dinida kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromning qanchalik ulug‘lanishini ko‘ryapsizmi? Hadisi sharifda bu narsa «Allohning pardasi» deb atalmoqda. Xalq orasidagi «Insof qilaylik, oramizdan parda ko‘tarilmasin, yuzimiz ochilmasin, keyin yaxshi bo‘lmaydi», degan gaplar ushbu hadisi sharifdan olingan bo‘lsa, ajab emas. Demak, boshqa bir odamni birinchi bo‘lib so‘kkan kishi katta ma’naviy jinoyat qilgan bo‘ladi. U oz emas, ko‘p emas, olamlarning Robbi Alloh taolo insonlar orasiga qo‘ygan pardani yirtgan hisoblanadi. Shu bilan birga, ikkinchi tomon ham darrov o‘t olib, so‘kishni boshlab yuborishi kerak emas. Birinchi odam uni so‘kish bilan katta gunoh qildi: o‘zining beodob, pastkash ekanini ko‘rsatdi. Endi ikkinchi kishi u bilan tenglashmasligi shart. Imom Ibn Hibbon rivoyat qilgan hadisda Niyoz ibn Himor quyidagilarni aytadilar: «Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga «Ey Allohning Rasuli! Bir odam meni so‘ksa, u o‘zimdan past bo‘lsa, undan g‘olib keladigan bo‘lsam, menga biror narsa bo‘ladimi?» deb so‘radim. U zot: «Ikki so‘kishgan, obro‘sini to‘kayotgan va yolg‘on gapirayotgan kishilar ikki shaytondir», dedilar». Demak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Niyoz ibn Himor roziyallohu anhuga o‘zini so‘kkan odamga javob qaytarishga izn bermadilar. Agar shunday qilsa, ikki beodob shaytonning biri bo‘lib qolishini tushuntirdilar. Bu doimo har bir musulmonning yodida turishi lozim bo‘lgan narsadir. So‘kishni o‘ziga odat qilib olgan beodob insonlar o‘zlarining jirkanch xulqlari, pastkashliklari bilan nafaqat qarshisida turgan odamni, balki beayb, mo‘’tabar va ulug‘ insonlarni ham haqorat qilgan bo‘ladilar. Odam shaklida yurgan bunday shaxslarning yomonligidan uyda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan mushtipar onalar, opa-singillar va boshqalar ham chetda qolmaydilar. Ko‘proq bu haqoratlar so‘kuvchining ota-onasini va yaqinlarini haqorat qilish bilan qaytariladi. Imomi Buxoriy Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Katta gunohlarning kattasi insonning o‘z ota-onasini la’natlamog‘idir», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli! Qanday qilib odam o‘z ota-onasini la’natlaydi?» deb so‘raldi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Bir odam birovning otasini so‘ksa, u ham buning otasini so‘kadi, onasini so‘ksa, onasini so‘kadi», dedilar. Ko‘rib turibmizki, bu juda ham noqulay holat ekan. Ota-onaga rahmat, izzat-obro‘ keltirishning o‘rniga o‘zining beodobligi ila la’nat, so‘kish keltirish naqadar badbaxtlik.عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَيُّمَا امْرِئٍ قَالَ لِأَخِيهِ يَا كَافِرُ فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَا، إِنْ كَانَ كَمَا قَالَ وَإِلَّا رَجَعَتْ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir kishi o‘z birodariga «Ey kofir», desa, o‘sha narsa ikkisidan biriga qaytadi – agar uning aytganidek bo‘lsa (bo‘ldi,) bo‘lmasa uning o‘ziga qaytadi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bir kishini kufrda ayblash eng katta so‘kishdir. Mo‘min kishi uchun bundan ortiq haqorat bo‘lishi ham mumkin emas. Bu ish shunchalik og‘ir bo‘lganidan ushbu hadisi sharifda masala bir yo‘la ko‘ndalangiga qo‘yilmoqda. Bir odam boshqa bir odamni kofirlikda ayblamoqchi bo‘lsa, o‘ylab ish qilsin. Agar «Ey kofir», deb so‘kilgan kishi kofir bo‘lmasa, so‘kkanning o‘zi kofirga aylanishi turgan gap. Afsuski, ba’zi kishilar bu nozik va mas’uliyatli masalaga etarli ahamiyat bermay, sal narsaga kishilarni kofirga chiqarib yuborishni yaxshi ko‘radilar. Ular o‘zlarining bu ishlari o‘zlari uchun o‘ta xatarli ekanini bilib qo‘yishlari va shunga qarab ish tutishlari lozim.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللَّعَّانِينَ لَا يَكُونُونَ شُهَدَاءَ وَلَا شُفَعَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «La’natlovchilar qiyomat kuni guvoh ham, shafoatchi ham bo‘lmaydilar», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu dunyoda odamlarni la’natlab yuradigan odamlar u dunyoda yuqori martabalarga erisha olmas ekanlar. Kim u dunyoda guvohlik yoki shafoatchilik kabi oliy maqomlarga erishish niyatida bo‘lsa, zinhor birovni la’natlamasin.وَنَازَعَتِ الرِّيحُ رَجُلًا رِدَاءَهُ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَعَنَهَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا تَلْعَنْهَا فَإِنَّهَا مَأْمُورَةٌ، وَإِنَّهُ مَنْ لَعَنَ شَيْئًا لَيْسَ لَهُ بِأَهْلٍ رَجَعَتِ اللَّعْنَةُ عَلَيْهِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning paytlarida bir kishining ridosini shamol tortib ketdi. Bas, u uni la’natladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni la’natlama! Unga amr qilingandir. Kim la’natga sazovor bo‘lmagan narsani la’natlasa, uning o‘ziga qaytadi», dedilar».
Ikkisini Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bundan shamol va shunga o‘xshash narsalarni la’natlab bo‘lmasligi kelib chiqadi. Kim bunday narsalarni la’natlasa, uning la’nati o‘ziga uradi.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا لَعَنَ شَيْئًا صَعِدَتِ اللَّعْنَةُ إِلَى السَّمَاءِ فَتُغْلَقُ أَبْوَابُ السَّمَاءِ دُونَهَا، ثُمَّ تَهْبِطُ إِلَى الْأَرْضِ فَتُغْلَقُ أَبْوَابُهَا دُونَهَا، ثُمَّ تَأْخُذُ يَمِينًا وَشِمَالًا فَإِذَا لَمْ تَجِدْ مَسَاغًا رَجَعَتْ إِلَى الَّذِي لُعِنَ فَإِنْ كَانَ لِذَلِكَ أَهْلًا وَإِلَّا رَجَعَتْ إِلَى قَائِلِهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon banda bir narsani la’natlasa, la’nat osmonga ko‘tariladi. Shunda uning ortidan osmonning eshiklari yopiladi. Keyin u erga tushadi. Uning (osmonning) eshiklari ham uning ortidan yopiladi. Keyin u o‘ngga, so‘lga borib-keladi. Agar boradigan joy topmasa, la’natlanganning oldiga keladi. Ammo u bunga loyiq bo‘lmasa, albatta aytuvchisiga qaytadi», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan la’nat ko‘proq holatlarda o‘z aytguvchisiga urishi ko‘rinib turibdi. Bas, shunday ekan, la’natni zinhor tilga olmaslik kerak.عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَيْسَ الْمُؤْمِنُ بِالطَّعَّانِ وَلَا اللَّعَّانِ وَلَا الْفَاحِشِ وَلَا الْبَذِيءِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّAbdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min ko‘p ta’na qiluvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘z aytuvchi ham va tili bemaza ham emasdir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mo‘min kishi yiroqda bo‘lishi lozim bo‘lgan to‘rt xil yomon axloq haqida so‘z yuritmoqdalar:
1. Ko‘p ta’na qiluvchi. Kishilarga turli narsalardan ta’na qilaverish mo‘min bandaga lozim emas. Bu odat kishilar uchun ozor bo‘ladi. Mo‘min kishi hech kimga ozor bermasligi lozim.
2. Ko‘p la’natlovchi. Avval ham o‘rganib o‘tganimizdek, birovlarni va hatto narsalarni ham la’natlash durust emas. Ko‘pchilik holatlarda la’nat la’natlovchining o‘ziga qaytib kelishi turgan gap.
3. Fahsh so‘z aytuvchi. Ba’zi bir odamlarning og‘zidan sal narsaga uyatsiz so‘zlar chiqaveradi. Bunday odamlar bo‘lgan-bo‘lmagan narsaga sharmsiz, hayosiz gaplarni aytaveradilar. Mo‘min banda bunday narsadan mutlaqo uzoqda bo‘lishi lozim.
4. Tili bemaza. Tili bemaza odamni ba’zilar sassiq so‘zli odam ham deb ataydilar. Mo‘min kishi shirin kalomli inson bo‘lishi kerak. Bemaza gaplarni aytish unga munosib emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
4 Июл 2022, 17:09 | Савол-жавоблар | 235 | Dolzarb savollar