Bu holatda nikoh shartmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bundan taxminan bir oycha avval safardaligimda ayolimga telefon orqali "Javob senga, qo‘ydim sendek xotinni” deb yubordim. Shu holatda taloq tushadimi? deb savol bergandim. Siz tushadi dedingiz. Endi biz nikoh o‘qitishimiz shartmi? Men ham taloq tushgan deganingiz uchun, nikoh shart deb o‘ylayman. Lekin ayolim kitoblardan o‘qib, o‘qigan odamlardan surushtirib ko‘rsa ular, nikoh shartmas. Bunga sabablar birinchidan eringiz uzoqdaligi, ikkinchidan jahl ustida, taloq tushib qolmasmikin degan hayol aytilganligi, uchinchidan siz ketib qolmagansiz va hokazo shunga o‘xshash sabablani ko‘rsatib nikoh shartmas deyishibdi. Hazrat, iltimos o‘zingiz shunga oydinlik kiritib bersangiz. Endi biz nikoh o‘qitaylikmi yoki shartmasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taloqdan keyin ayol uch marta hayz ko‘rguncha yarashilgan bo‘lsa, yangi aqdi nikoh lozim emas. Yarashilmagan bo‘lsa, lozim.
26 Май 2022, 19:49 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar