Tarvuz so‘yish haqida hadis

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda ijtimoiy tarmoklarda bir video tarkaldi U videoda: "Bir otaxondan sorashdi - Tarvuzni nimaga tepasini olib tashlanadi deb? keyi otaxon shunday javob berdilar: " Bir kuni Rasulullox solalloxu alayxi vasallam Dexkonlarni qo‘lini o‘pib keyin tarvuzni yonidan o‘pibtilar keyin buni savdogarlar ko‘rib Abu Lahab va Abu Tolibga yetqazishibti keyin Abu Tolib va Abu lahab Muhammad yonidan o‘pgan bo‘lsa biz tepasidan o‘pamiz deb tepasidan o‘pishibti keyin bu habarni Rasululloh solallohu alayhi vasallamga yetqazishibti keyin rasululloh ular tepasidan o‘pgan bo‘lsa biz ular o‘pgan joyni olib tashlaymiz deb olib tashlabtilar" shundan beri tarvuzni tepasoni olish sunnat ekan. Men bu habarga ishongim kelmadi va qolgan odamlarni ham ogohlantirdim Sahih ekanligini aniqlamasdan ishonmanglar dedim. Shu manoda hadis bormi? Tarvuzni tepasini olish sunnatmi?


«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. Vallohu a’lam!



5 Июл 2022, 01:59 | Савол-жавоблар | 395 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar