xijob
Hurmatli Shayx hazratlari ALLOH sizdan va boshqa Islom ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan mo‘minlardan rozi bo‘lsin. Ko‘pdan beri bir masalani echimini topa olmay qiynalaman. Oktyabr revolyutsiyasi bo‘lgunga qadar hamma ayollar paranjida yuzlarini yopib yurishgan. O‘sha paytda ham onalarimiz Abu Xanifa mazhabida bo‘lishgan bo‘lsa kerak. Hozir esa Abu Xanifa mazhabida ayol kishini yuzi, qo‘li bilakkacha va oyoqlari to‘piqqacha ochilib yurishga ruxsat berilgan. Bu ruxsat qaysi xadislar asosida bo‘lgan. Sizdan iltimos, qalbimiz taskin topishida bizdan yordamingizni ayamasangiz. Suyganimiz Robbimizdan sizga yaxshi mukofotlar tilab qolamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hur ayolning jamiyki badani avratdir. Yuz, ikki qo‘l va oyoq bundan mustasno. Bu hukmning dalillari: Alloh taolo «Nur» surasida: «Sen mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farj-larini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar zohir bo‘lgan ziynatlar bo‘lsa (mayli). Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar», degan (31-oyat). «Zohir bo‘lgan ziynatlar» deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir. «Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar. » Ya’ni, boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘ksilari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ أَسْمَاءَ بِنْتَ أَبِي بَكْرٍ دَخَلَتْ عَلَى رَسُولِ اللهِ r وَعَلَيْهَا ثِيَابٌ رِقَاقٌ فَأَعْرَضَ عَنْهَا رَسُولُ اللهِ r وَقَالَ: يَا أَسْمَاءُ إِنَّ الْمَرْأَةَ إِذَا بَلَغَتِ الْمَحِيضَ لَمْ تَصْلُحْ أَنْ يُرَى مِنْهَا إِلاَّ هَذَا وَهَذَا وَأَشَارَ إِلَى وَجْهِهِ وَكَفَّيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Asmaa binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuzlarini o‘girib oldilar va: «Ey, Asmaa, ayol kishi hayz ko‘radigan bo‘lganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko‘rinmasligi kerak», – deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qildilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Ibn Jarir Tobariy o‘z tafsirlarida Oisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilarki: «Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini o‘girdilar. Men: «Ey, Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi balog‘atga etgandan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi ko‘rinishi halol emas», deb o‘z bilaklarini tutumlab ko‘rsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi». Demak, mazkur avrat joylarni namozda to‘sib o‘qish farzdir.
20 Апрел 2022, 20:19 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar