Ramazon hayiti necha kun?
Assalomu alaykum Shayx Xazratlari! Shavvol oyining 6 kunlik ruzasi 3 kun Xayit bayramidan keyin tutilsa kerak deb yurgan edim, 2-kunida hali bayram o‘tib bo‘lmadi-ku deb tutishga ko‘nglim bo‘lmagan edi. Ammo, "Iyd al Fitr" odoblarida ushbu xadisni yana bir bor yaxshilab o‘qib qolib, hayit bayrami shunda 1 kun ekanku deb koldim. Lekin xalkimizda bayram 3 kun degan gap hali hanuz bor, kimdan so‘rama bayram 3 kun deydi, men qilgan xulosa to‘g‘rimi yoki bayram 3 kun deyilganlik haqida ham hadis bormi Ustoz?Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, u (Madinalik)larning ikki kuni bo‘lib, ular o‘sha kunlarida o‘yin-kulgi qilishar edi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bu ikki kun qandoq kun?», – deb so‘radilar. Ular:«Biz johiliyatda shu kunlarda o‘yin-kulgi qilar edik», – deyishdi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh sizlarga u ikkisi o‘rniga ulardan ko‘ra yaxshiroq – Azho va Fitr kunlarini berdi», – dedilar».«Sunan» egalari rivoyat qilgan.Azho – Qurbon hayiti, Fitr – Ramazon hayitini bildiradi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ramazon hayiti bir kun.
20 Апрел 2022, 20:19 | Савол-жавоблар | 172 | Ro‘za
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ramazon hayiti bir kun.
20 Апрел 2022, 20:19 | Савол-жавоблар | 172 | Ro‘za