Rosululloh saw ota-onalari haqida

[size=14pt] , Hurmatli ustozRosululloh :saw ning ota-onalari haqida qay fikrda bulmogi‘miz shariatga muvofiq?yani bazi bir manbalarda inshaALLOH ularni ALLOH :jj Qiyomat kuni musulmonlar qatorida tiriltiradi deyilgan, yana boshqa manbalarda esa ularni kofir holda o‘lgan va kofirlar qatorida buladi deyilgan, shunga biz musulmonlar ular haqida qanday gumonda bulmog‘imiz darkor, shu bilan birga ular haqqiga duo qilsak buladimi?Jazakumullohu hoyron [/size]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam onalarining qabrini ziyorat qildilar. O‘zlari yig‘ladilar, atrofidagilarni ham yig‘latdilar. Keyin: «Robbimdan u(onam)ga istig‘for aytishga izn so‘radim, izn berilmadi. Uning qabrini ziyorat qilishga izn so‘radim. Izn berildi. Bas, qabrlarni ziyorat qilinglar. Chunki, u, albatta, oxiratni eslatadi», dedilar».Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamnig onalariga istig‘for aytishga izn so‘raganlari farzandlik burchlarini chuqur his qilganliklaridandir. Izn berilmagani esa, U zotning onalari Omina binti Vahbning Islomdan oldin o‘lib ketganlaridir. Istig‘forning sharti Islomdir. Shuning uchun Islomda o‘tgan ota-onalarga farzandlari istig‘for aytsalar yaxshi bo‘ladi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamnig onalari qabrini ziyorat qilishga izn so‘raganlari, ziyorat qilib yig‘laganlari va o‘z atrofidagilarni yig‘latganlari ham farzandlik burchlarini chuqur his etganlaridandir. Bundan hamma farzandlar o‘rnak olishlari kerak.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.“Bir kishi:“Yo Allohning Rasuli, otam qaerda?” dedi.“Otang do‘zaxda”, dedilar.U qaytib ketayotganda:“Albatta, otam va otang do‘zaxdadir”, dedilar”.Abu Dovud rivoyat qilgan.Ahli Sunna val jamoa mazhabi ulamolari bu masalada ikki xil gap aytganlar. Imom Suyutiy va u kishining fikridagilar, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ota-onalari iymon bilan ketganlar desalar, Mullo Ali Qori va u kishiga qo‘shilganlar unday emas, deydilar.Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarning oldiga kirishdan hazir bo‘ling!» dedilar. Shunda bir odam: «Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u Zot».Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.Biz “erning qarindoshi” deb tarjima qilgan arabcha “al-Hamvu” so‘zi erning aka-ukalarini ham o‘z ichiga oladi.Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech demaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

20 Апрел 2022, 20:19 | Савол-жавоблар | 170 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar