Sohta tabib

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar Andijonlik Xasan domla degan odam chiqibdi, juda ko‘p odam ishonib kolgan, videolarini, maruzalarini eshitsam ba’zi gaplari to‘g‘ri bo‘lsa ba’zilari noto‘g‘ri. Davolash usuli 40 kun qimirlamay yotasiz deydi. Qimirlamay 40 kun yotsa 40 kunlik namoz nima bo‘ladi? Allohning farziku axir.  Tashxis qo‘yishi esa bir qizcha va bolani stulga o‘tkazib qo‘yib qo‘li bilan boshi atrofini aylantirib “miya yaxshi, orqa miya yaxshi” jigarga qo‘lini yaqin qo‘yib “jigar yaxshi, qorataloq yaxshi” va hokozolar deydi.  Bu axir g‘aybni da’vo qilishmasmi? Lekin folbin sehrgarlarni yomonlayapti, Qur’onda kelgan voqealarni aytyapti. Kamentlarda “Bu aldayapti” desam bir ikki odam menga ishonmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini rosa reklama qilgan. Aytmoqchi bo‘lganim odamlar ehtiyot bo‘lishsin.  Bu sehrgarni xiylasi bo‘lsa sizlar nima deysizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ishonchli, sof e’tiqodli insonlarning guvohligiga va tanishlarimizdan surishtiruvlarimizga ko‘ra u kishi qallob bo‘lib, tibbiyotga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, so‘zga ustamonlik bilan xalqni ishonchini qozonib, pullarini shiluvchi kishi ekan. Ko‘p gaplarida dinga zid joylari ham bor. Odamlarning ham tabiati qiziq, ba’zilar haq bilan nohaq, yolg‘on bilan rostni ajrata olmaydigan bo‘lib qolishgan. Reklama qilsa orqasidan quvib ketaveradi. Kashpirovskiy, Chumaklar chuv tushirgani etmadimikin. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:20 | Савол-жавоблар | 167 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar