Kafforot?

Assalamu alaykum Hazrat! Islom olamiga, shu jumladan hozirgi zamaonaviy Islom ummatiga o‘z ilmingiz bilan Alloh rizoligi uchun hissa qo‘shayotganingiz uchun Yaratgan Robbimiz sizga ulug‘ ajrlarni nasib aylagan bo‘lsin! Siz muhtaram bo‘lgan zotga savolimizni uzun qilmaymizda qisqagina va lo‘ndagina qilib berishga ijozat bersangiz!Kamina shunday holatdaki nima qilishni bilish ilinjida, olimlar shu haqda hadisdagi nazr haqidagi va uni kafforati nima ekanligini bilish maqsad ila savol yo‘llamoqdaman.savol: Alloh uchun nazr qilgan edim, ammo shu nazrni ustidan chiqa olmadim, yani ochiq qilib aytilsa nafsga hokimlikni o‘rnata bilmadim. Ataylab nazrni buzdim. Vijdonim azobda.Kafforatiga nima qilsam Allohni g‘azabini qaytarishim mumkin? Bizlarni va kaminani bundan keyin ham murojatlarimizni qabul qilasiz va savolga javob berasiz degan umiddamiz. Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ukba ibn Omir roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: «Nabiy sollalloxu alayxi vasallam: «Nazrning kafforoti xuddi kasamning kafforotidekdir», dedilar». Beshovlaridan fakat Buxoriy rivoyat kilmaganlar.Allox taolo: «Allox sizlarni bexuda kasamlaringiz uchun tutmaydi. Lekin kasd ila tukkan kasamlaringiz uchun tutadi. Bas, uning kafforoti o‘z axlingizni o‘rtacha taomlantirish mikdorida o‘nta miskinga taom berish yoki ularga kiyim berish yoxud bir kul ozod kilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun ro‘za tutsin. Ana o‘sha, agar kasam ichgan bo‘lsangiz, kasamingizning kafforotidir. Kasamlaringizni muxofaza kiling. Allox sizga shunday kilib o‘z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki shukr kilsanigiz», degan.Sharx: Ushbu oyati karimada Allox taolo insoning gapiradigan gapini xam xisobini kilib turishi, ba’zi gaplar uchun aybga buyurish boru, ba’zilari uchun yo‘k ekanligi xakida so‘z ketmokda. Demak, inson xayotining xamma jabxalari katori, uning gap-so‘zlarida xam xalol-xaromi bor. O‘sha xalol va xaromni aniklash, ularning xukmini chikarish Allox taoloning O‘ziga xosdir. Bu ishga aralashishga U zotdan boshka xech kimning zarracha xakki yo‘kdir. Insonni yo‘kdan bor kilgan Allox, uning kandok yashamogi lozimligini ko‘rsatib berishga xam fakat O‘zigina xaklidir. Insonga akl va til bergan Allox o‘sha aklni ishlatib, o‘sha til bilan kanday so‘zlarni aytganini tutadiyu, kaysinisini tutmaydi–O‘zi biladi.Oyati karima: «Allox sizlarni bexuda kasamlaringiz uchun tutmaydi» jumlasi ila boshlanmokda. «Bexuda kasam» deganda, til o‘rganib kolgan, beixtiyor gapga ko‘shilib ketadigan kasam iboralari nazarda tutiladi. Bu xol ayniksa arablarda ko‘p uchraydi. Ularda «valloxi», «billaxi» deyish kasamni bildiradi. Bu lafzlarning aytilishi xam oson. So‘z orasida ishlataverib, tillari xam o‘ranib kolgan. Demak, ana shunday xollarda beixtiyor kasam lafzi ogizdan chiksa, Allox uning uchun tutmas ekan. Mazkur lafzni ayb xisoblab, uning uchun jazo chorasi belgilanmas ekan.Avval xam ta’kidlanganidek, Islomda umuman kasam ichishga targib kilinmaydi. Shariat izn bergan joylarda kasam ichilganda xam, fakatgina Allox taoloning nomi bilangina kasam ichiladi. Allox taoloning nomi bilan xadeb kasam ichaverish durust emas. Ammo ba’zi kishilar tili o‘rganib kolgani tufayli, beixtiyor kasam lafzini tiliga olgan bo‘lsa, ushbu oyat xukmiga binoan unga jazo belgilanmaydi. Lekin bexuda kasam ichgan kishi jamiyatda odobsiz, ishonchsiz va e’tiborsiz shaxsga aylanib koladi.Shu bilan birga shariatimizda ayb xisoblanadigan, jazo choralari belgilangan kasamlar xam bor. Allox taolo biz o‘rganayotgan oyatning davomida:«Lekin kasd ila tukkan kasamlaringiz uchun tutadi», deydi. Bu jumlada kasamning maxkamligi xissiy ta’bir ila bayon kilinmokda. Buning uchun «kasd ila» iborasining ma’nosiga «tukkan» iborasi xam ko‘shilmokda. Bunda xuddi kasam bir xissiy narsayu uni tugish mumkindek tasarruf kilinmokda. Demak, kasamning buzilishi ayb xisoblanib, unga nisbatan jazo chorasi ko‘llanishi uchun kasd ila tugilgan-mustaxkam niyat bilan ichilgan kasam bo‘lishi kerak ekan. Kim ana shundok mustaxkam kasamni ado eta olmay buzsa, unga nisbatan shar’iy jazo belgilanar ekan.Mazkur shar’iy jazo nimalardan iborat ekani oyatning davomida bayon kilinmokda:«Bas, uning kafforoti o‘z axlingizni o‘rtacha taomlantirish mikdorida o‘nta miskinga taom berish yoki ularga kiyim berish yoxud bir kul ozod kilishdir».Arab tilida «kafforot» so‘zi bir narsani yaxshilab, xech xam ko‘rinmaydigan kilib to‘sib berkitishga aytiladi. Shariatda esa, sodir etilgan gunoxni yuvish uchun ado etiladigan moliyaviy yoki badan ibodatiga kafforot, deyiladi.Ushbu biz o‘rganayotgan oyati karimaga binoan, ichgan kasamini buzishga majbur bo‘lgan inson ado etishi vojib bo‘lgan kafforot kuyidagicha:1. O‘nta miskinning kornini to‘ydirish.Mazkur miskinlarni to‘ydirishdagi o‘lchov-kafforot beruvchi o‘z axliga beradigan o‘rtacha taom mikdoridir. Agar kafforot ado etishi lozim bo‘gan shaxs o‘nta miskinga taom berishni xoxlamasa, ikkinchi xil kafforotni ado etishi xam mumkin:2. O‘nta miskinga bir sidra kiyim olib berish.Kiyim xam o‘sha vaktning, joyning va kavmning o‘rtacha kiyimi bo‘ladi. Agar bu xam yokmasa uchinchi xil jazo xam bor:3. Bir kul ozod kilish.Kasamini buzgan kishiga kafforot uchun belgilangan jazo choralaridan Islom dini beva-bechoralarga, kambagal-miskinlarga kanchalik e’tibor bilan karagani ochik-oydin ko‘rinib turibdi. Shuningdek, bu mukammal va olamshumul dinning kulchilikka karshi bo‘lgani va kullarni ozod kilishga kattik uringani xam ko‘rinib turibdi. Islomda bu ishlar gunoxlarni yuvadigan ibodat darajasiga ko‘tarilgani e’tiborga sazovordir. Ogziga kuchi etmaydigan, o‘ziga e’tibor karatish va bir ishni, albatta, kilish yoki kilmasligini ta’kidlash maksadida Allox taoloning nomi ila kasam ichib, so‘ngra o‘z kasamiga sodik kola bilmagan odam, aslida, Alloxga nisbatan katta beodoblik kilgan bo‘ladi. Bu ishning jazosiga boshkacharok chora xam belgilash mumkin edi. Ammo Allox taolo aynan fakir-miskin va kullarga mexr ko‘rsatib, ularning foydasini ko‘zlovchi choralarni belgilagan.Kasamini buzadiganlarning xammasi xam o‘nta miskinni to‘ygizadigan yoki ularga bir sidra kiyim olib beradigan yoxud bir kul ozod kilish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Ularning ichlarida kambagallari xam bo‘lishi turgan gap. Ana o‘shandok imkoni yo‘k kasamxo‘rlarga o‘ziga xos jazo chorasi belgilangan:4. «Kim topa olmasa, bas, uch kun ro‘za tutsin».Demak, kasamini buzgan odam kafforotni ado kilish uchun o‘nta miskinni taomlantirish yoki shuncha adaddagi miskinga kiyim bosh olib berish yoxud bir kul ozod kilishga molyaviy imkoni yo‘k bo‘lsa, uch kun ro‘za tutib, kafforotni ado etishi vojib bo‘ladi. Avvalgi uch jazo chorasining ichidan birini tanlash ixtiyoriy bo‘lishi bilan birga, to‘rtinchi jazo chorasini ado etishga fakatgina mazkur uch chorani ado etishga imkoni yo‘k kishilargina muyassar bo‘ladilar.Shariatimizda kasamini buzgan kishilar uchun kafforot ado etishni joriy kilishda avval zikr kilingan foydalardan tashkari, tarbiyaviy omil xam bor. Kasamini buzgan odamga kafforot ado etishni vojib kilishda uni o‘ziga keltirish va va’z-nasixat omili bor. Bir marta kafforot ado etishga majbur bo‘lgan inson keyin xar gapini yaxshi o‘ylab gapiradagan va Allox taoloning nomi ila kasam ichishdan oldin o‘ziga bir nazar soladigan bo‘ladi. Uning xolini ko‘rgan boshka kishilar xam ibrat olib, gaplarini o‘ylab gapiradigan bo‘lishadi.Oyati karimaning davomida yana kuyidagilar aytiladi:«Ana o‘sha, agar kasam ichgan bo‘lsangiz, kasamingizning kafforotidir». Ya’ni, kasam ichgan bo‘lsangiz-u, lekin unga amal kila olmay kasamxo‘r bo‘lib kolsangiz, yukorida zikr etilgan jazolarni o‘tash bilan, kasamni buzish tufayli sodir etgan gunoxlaringizning kafforotiga (berkitilishiga) erishasiz. Zotan, kasam ichgandan so‘ng unga amal kilgan odamga xech kanday jazo yo‘k. Shuning uchun, agar kasam ichgan bo‘lsangiz:«Kasamlaringizni muxofaza kiling. Allox sizga shunday kilib o‘z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki shukr kilsanigiz».Albatta Allox taologa kancha shukr kilinsa, shuncha oz. Sodir etilgan gunoxning kafforotini ko‘rsatib berishning o‘zi xar kancha shukrga arzigulik ne’matdir.

20 Апрел 2022, 20:20 | Савол-жавоблар | 156 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar