Qiyomat kuni ko‘z va kiprikni guvoxlik berishi
Assalomu alaykum! Allohdan qo‘rqib yig‘lagan insoni ko‘zi va kipriklari qiyomat kuni guvoxlik berar ekan. Shu to‘g‘risida biror gap bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nafaqat ko‘z va kiprik, bilki boshqa a’zolar ham guvohlik beradi. Alloh taolo “Yasin” surasida marhamat qiladi : الْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَى أَفْوَاهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَا أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 65. Bugungi Kunda ularning og‘izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qo‘llari so‘zlar va oyoqlari guvohlik berur.
Mazkur jinoyatchilarning jinoyatini isbot etish uchun talashib-tortishib o‘tirish shart emas. Boshqa guvoh olib kelishning ham hojati yo‘q. Yolg‘on gapirishni odat qilib olgan og‘izlaridan turli gaplarni eshitib o‘tirishga ham hech kim muhtoj emas.
«Bugungi Kunda ularning og‘izlariga muhr uramiz».
Yaxshisi, ularning og‘izlari muhrlab qo‘yiladi. So‘ng boshqa a’zolari shohidlik bera boshlaydi.
«Nima kasb qilganlarini Bizga qo‘llari so‘zlar va oyoqlari guvohlik berur».
Har bir kofirning bu dunyoda nima ishlar qilganini uning o‘z qo‘li gapiradi, oyog‘i guvohlik beradi.
Imom Muslim, imom Nasaiy va ibn Abu Hotimlar Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda u zot roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Ul zot kuldilar. Tishlari ko‘rinib ketdi. So‘ngra:
– Nimadan kulayotganimni bildingizmi? – dedilar. Biz:
– Alloh va Uning Rasuli biluvchidirlar, – dedik. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
– Qiyomat kuni bandaning Robbi ila tortishuvidan. U:
– Robbim, meni zulmdan saqlamaganmisan? – deydi. Bas, U Zot jalla jalaluhu:
– Ore, – deydi. Banda:
– Men o‘zimga qarshi faqat o‘zimdan bo‘lgan guvohnigina qabul qilaman, – deydi. U Zot jalla jalaluhu:
– Bugungi Kunda ziddingga o‘z joning etarli hisobchidir. Kiromun kotibiyn (yozuvchi farishtalar) guvohlikka etarlidir, – deydi. Bas, og‘ziga muhr uriladi. A’zolariga:
– Gapir, – deyiladi. Ular uning amallarini gapiradilar. So‘ngra unga gapirish imkoni beriladi. U:
– Yo‘qolinglar! Halokatga uchranglar! Sizlarni deb harakat qilgan edim! – deydi».
Imom Muslim va imom Abu Dovudlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan uzun hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam jumladan, bunday deganlar:
«So‘ngra uchinchiga ro‘baro‘ keladi va:
– Sen nima deysan?! – deydi. U:
– Men Sening bandangman. Senga, Payg‘ambaringga, kitobingga iymon keltirdim. Ro‘za tutdim. Namoz o‘qidim. Sadaqa berdim, – deb iloji boricha maqtov so‘zlarni aytadi. Unga:
– Ziddingga guvohimizni yuboraylikmi?! – deyiladi. U ichida o‘ziga qarshi kim guvohlik berishi mumkinligini o‘ylab turganida, og‘ziga muhr uriladi. So‘ngra soniga «Sen gapir», deyiladi. Bas, soni, go‘shti va suyagi nima amal qilganini gapiradi. Ana shu munofiq odamdir. Bu ish uning uzri o‘zi bilan bo‘lsin, deb qilinadi. Ana shu odam Allohning g‘azabiga uchraydigan odam».
Imom ibn Jarir Tobariy Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda shunday deyiladi:
«Qiyomat kuni mo‘min kishi hisob-kitobga chaqiriladi. Robbi unga amallarini o‘zaro ikkovlari biladigan qilib arz qiladi. U e’tirof etadi: «Ha, Robbim, qilgan edim, qilgan edim, qilgan edim», – deydi. Bas, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi va berkitadi. Er yuzidagi biror maxluq u gunohkorlardan hech narsani ko‘rmaydi. Yaxshiliklari esa ko‘rinadi. U, odamlarning hammalari ko‘rsalar edi, deb orzu qiladi.
Kofir va munofiq ham hisob-kitobga chaqiriladi. Robbi unga qilgan amallarini arz qiladi. U inkor etadi va:
– Robbim, sening izzating ila qasamki, farishta men qilmagan ishni menga yozib qo‘yibdi, – deydi. Farishta unga:
– Falon kuni, falon joyda shunday qilmaganmiding?! – deydi. U:
– Yo‘q! Izzating ila qasamki, Robbim, men buni qilganim yo‘q, – deydi. Shundan so‘ng Alloh taolo uning og‘ziga muhr uradi. Menimcha, eng avval uning o‘ng soni gapiradi», deb turib, Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhu: «Bugungi kunda ularning og‘izlariga muhr uramiz...» oyatini tilovat qildilar». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:59 | Савол-жавоблар | 201 | Turli savollar