"Xadis va Xayot" va boshka kitoblar
Assalamu Alaykum va Roxmatulloxi va Barokatux, Shayx xazratlari!Yaratgandan Sizdek ilmli insonlarni kupaytirishi va bizdek oddiy musulmonlarga tugri yuldan adashmaslikni surab, ayrim fikrlarimni (yoki savollarimni) bayon etishga ijozat bering.Sizning yozgan kitoblaringizni ukib juda xursand buldim, ancha sodda tilda va ravon bayon etilgan. Lekin muammo shundaki, ularning xar birini uzimiz uchun sotib olish juda kimmatlik kilmokda. Ammo juda xam xoxlardim, ularni sotib olib uyimdagilarga xam tanishtirishni. Men uzim masjidlarga kirganda Sizning kitoblaringizni varaklab turaman, va kupincha, vaktning kamligidan butun kitobni masjidda ukishga ulgurmayman.Shuning uchun iltimos, shu kitoblaringizni ("Xadis va xayot" seriasidagi, "Tafsiri Xilol" siriasidagi va boshkalarini) kaerdan arzonrok (birinchi kuldan) olish mumkin? Chunki yakinda "Kukaldosh" madrasasi oldidagi bozordan kizikib suragan edim, "Xadis va Xayot"ning 1-juzini 11 000 (un bir ming) sum deb aytishdi. Yoki Sizga bir taklifim bor: shu Siz chop etayotgan kitoblaringizning elektron variantini kompyuterda ukish uchun tartibga keltirib arzonrok xolda sotuvga kuysangiz, yaxshi bulardi. Chunki bunday xolatda nashriyot xarajatlari uning narxiga kushilmaydi-ku. Menimcha, Abu Muslim bunday ishlarga ancha moxir!Assalamu Alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maktubingiz va taklifingiz uchun tashakkur. Siz bizni tashvishga solib turgan masalani ko‘taribsiz. haqiqatda siz aytgan bozorda ham va boshqa erlarda ham kitob narxida noinsoflik bor. Men sizning gapingizni aytgan edim, bir imom domla o‘sha «hadis va hayot»ning o‘n besh ming deb turishganini aytdilar. Ya’ni, o‘z bahosidan o‘n marta qimmat. Biz doimo narxda insofsizlik bo‘lmasligini aytib, yozib kelmoqdamiz. Ammo ba’zi odamlar bunga e’tibor bermayaptilar. Ularning o‘zlari sotayotgan kitoblarda ham shu ma’nolar bor. Ammo kitob sotish boshqa, uni o‘qib amal qilish boshqa ekan. Jumladan, «hadis va hayot»ning o‘n birinchi juzi, «Savdo kitobi»da quyidagilar yozilgan: «Islomda narx chegaralanmaydi. Lekin sotuvchilarga noinsoflik qilmaslik, narxni arzon qilsa barakali bo‘lishi haqida doimo tushuntirish olib borib turiladi. Tojirlarga esa olib kelib sotayotgan mollari ustiga uchdan birdan ko‘p foyda qo‘ymaslik uqtiriladi».Biz hozirgacha faqat nasiyhat qilib keldik. Ammo sizning maktubingizda keyin voqe’likdan so‘zlamasak bo‘lmas ekan degan xulosaga keldik. Voqe’lik esa achinarli. Bir necha misol keltirishga ijozat bergaysiz.Shahobiddin nomli xizmatchimiz so‘zlaydi: «Omborni tartibga solayotsam, «hadis va hayot»ning to‘rtinchi juzidan to‘rt dona chiqib qoldi. Changini artib tozalab tursam, bir kitobfurush kelib, menga ber, deb turib oldi. qancha berasiz, desam, qimmatroq narx aytdi. Men, o‘z bahosi buncha, deb u aytgandan oz narx oldim. Omborni yopib ketayotsam, haligi odam o‘sha kitobdan birini yigirma etti mingga sotmoqda. Uyalmaysizmi?! hozirgina arzonga olgan edingiz-ku, desam, sening ishing nima, deydi».Bunisiga nima deysiz?! Madrasaning ichidan olib, devorning ortiga o‘tib shunchalik qimmat baho so‘rash insofdanmi?! o‘zidan kichik bolaning insof qilib arzonga bergan kitobini uning ko‘zi oldida shu darajaga chiqarishni nima deb baholash mumkin?!Ukam Muhammad Amiyn hoji domla so‘zlaydi: «Andijon bozorida kitoblaringizdan birining narxini so‘rasam, juda ham yuqori baho aytib yubordi. Unchalik emasdir, sal insof qiling, desam. Bizga o‘zi shu narxda keladi, dedi. Men ham narxni, olib keladiganlarni sal-pal bilaman, siz aytganchalik emas, desam. Menga Shayx hazratlarining o‘g‘li o‘zi olib keladi, dedi. Men falonchiman, o‘sha siz aytayotgan odamning amakisiman, u kishi bu erni ko‘rgani ham yo‘q. Bozorga kirmaydi ham. Yolg‘on gapirgani Allohdan qo‘rqmaysanmi, desam. Bezrayib turibdi».Mahkam aka ismli muxlis inson bor. Savobli ishlarni qilishga ko‘p urinadi. Jizzaxli imom domlalardan biri, Mahkam aka, kitob bozoriga olib boring, deptilar. «Ko‘kaldosh» madrasasi yonidagi bozorga borishibdi. «Tafsiri hilol»ning oltinchi juziga xaridor bo‘lishibdi. o‘ttiz besh ming, depti savdogar. Ikki donasimi, depti Mahkam aka. Yo‘q bir donasi, depti savdogar. qanaqasiga, axir bu kitobning narxi faloncha-ku, depti Mahkam aka. o‘zi narxi shu! Menga Shayx hazratlarining o‘zlari olib keladilar, depti savdogar. Mahkam aka uni bo‘g‘ib qolgan ekan, imom domla ajratib olibdi. hozir Mahkam aka ushbu hodisani kuyunib gapirib yuribdi. Bunga o‘xshagan yolg‘on, aldov, firib, noinsoflik va pastkashliklar har qadamda va har vaqtda.Axir yolg‘on gunohi kabira-ku! Axir savdodagi yolg‘on barakani o‘chiradi-ku!hakiym ibn hizom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ikki savdolashuvchi ajrab ketmagunlaricha ixtiyor o‘zlarida. Agar rost gapirsalar va ochiq bayon qilsalar ikkisiga savdolarida baraka beriladi. Agar berkitsalar va yolg‘on gapirsalar, savdolarining barakasi o‘chadi», dedilar».Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.Rost so‘zlab topilgan bir so‘m, yolg‘on so‘zlab topilgan ming so‘mdan barakali bo‘ladi. Bu besh kunlik dunyodagisi. Oxiratda nima bo‘ladi, har kim o‘zi biladi. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «qachon sotsa, qachon sotib olsa va qachon haqini talab qilsa karamli bo‘lgan odamni Alloh rahm qilsin», dedilar». Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan.Musulmon odam doimo karamli, saxovatli bo‘lishi kerak. Ayniqsa oldi-sotdi va haqni talab qilish paytida. Bundoq paytda mumsiklik qilib, tiyinning ustida etti dumalab turib olish baraka keltirmaydi. Balki, saxiylik, ochiqlik, bir oz o‘tib berish ishlari Allohning rahmatiga, xayru barakaga sabab bo‘ladi.Ushbu hadisdagi zikr qilingan Allohning rahmati ikki dunyoga ham xosdir. Mazkur ishlarda karamli, saxovatli bo‘lgan kishilarga Alloh taoloning rahmati molu mulkiga, rizqu ro‘ziga baraka, o‘ziga sog‘lik-salomatlik, faravon turmish va tinchlik omonlikda aksini topadi. Oxiratda esa jannatga kirishga sabab bo‘ladi.Demak, sotuvchi ham, oluvchi oluvchi ham karamli, saxovatli va xushmuomala bo‘lishi kerak. Shuningdek, birovdan haqqini so‘rovchi ham yaxshilik, xushmuomalalik bilan so‘rashi kerak.«Ko‘kaldosh» madrasasi yonidagi bozorga bizning odamlarning hech aloqalari yo‘q. U erdagi noqulay sharoitdan hazar qilib aralashmay qo‘yishgan. Shu bilan birga siz azizlarga qo‘llaridan kelgan xizmatni qilishga harakat qilishmoqda.Buning uchun «Xoja Ahror» masjidining «Ko‘kaldosh» madrasasi tarafdagi darvozasi oldida kichik bir ko‘shk ochdilar. o‘sha erdan birinchi qo‘ldan kitob va disklarni sotib olishingiz mumkin.Shuningdek, qo‘yliqda ko‘prik yonida, qabriston yaqinida ham bir ko‘shk ochildi. Yana kitoblarni quyidagi manzillardan ham olishingiz mumkin:- g‘ofir g‘ulom ko‘chasi, 7 uy. Konsilar mollar do‘koni, tel: 1442656.- Chilonzor 11-daha, 10-uy 47 xonadon, Zargarlik uskunalari do‘koni, tel: 2768752. Imkoni bo‘lsa, yana boshqa erlarda ham savdo nuqtalari ochish niyatlari bor.Ba’zi birodarlar ham bu ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
20 Апрел 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 159 | Boshqa ibodatlar