Shunday nikoh mumkinmi?
Assalamu alaykum muxtaram ustozlar! Agar bir kishi xotinini uch taloq qilsa va bundan afsuslansa, ayolining iddasi chiqqanidan keyin, o‘zi ishongan kimsa bilan kelishib, taloq qilgan xotinini faqat unga yaqinlik qilmasdan talog‘ini berish sharti ila nikohiga olishini so‘rab ko‘ndirsa. Shu amallardan keyin avvalgi xotiniga qayta nikohlanishi mumkinmi? Bunday kelishuv "Shanba sohiblari"ning hiylalariga o‘xshab qolmaydimi? Robbim biz ojizlarga berayotgan beminnat yordamlaringizni O‘zi munosib taqdirlasin. Amiyn.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mug‘allaza taloqning hukmi Qanday surat, qanday holatda va qanday shaklda uch taloq qo‘yilsa, er ayoliga na nikoh yordamida va na nikohsiz raj’at qila oladi, ya’ni uch taloqdan keyin ayol shar’iy halolasiz eriga butkul harom bo‘ladi. Shar’iy haloladan keyingina ayol avvalgi eriga nikoh ila qaytishi mumkin. Shar’iy halolaning ko‘rinishi Shar’iy halolaning yo‘li va joiz tariqasi shuki, uch taloq qo‘yilgan ayol (hayz ko‘rguvchi bo‘lsa, uch hayz, hayzdan umidini uzgan ayol, ya’ni yoshi bir joyga etib, hayz ko‘rmay qolgan ayol uch oy, homilador ayol homilasini qo‘ygunicha) idda o‘tirganidan keyin o‘zining roziligiga binoan biror kishiga nikohlanib, u bilan yaqinlik qilib, birga yashaydilar. Keyinchalik biror mojaro yoki kelishmovchilik sababli er-xotin o‘rtasida janjal chiqib, ikkinchi er ham ayolga taloq qo‘ysa yoki ikkinchi er vafot etsa, taloq yoki vafot iddasidan keyin ayol avvalgi eriga halol bo‘ladi. Endi ikkalalari qaytadan nikohlanishlari mumkin bo‘ladi. Zero, Alloh taoloning kalomida bunga ishora bor: فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ تَحِلُّ لَهُ مِن بَعْدُ حَتَّىَ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَن يَتَرَاجَعَا إِن ظَنَّا أَن يُقِيمَا حُدُودَ اللّهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ «So‘ng agar taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga temaguncha, unga halol bo‘lmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, ularga gunoh yo‘q. Ana shular Allohning chegaralari bo‘lib, ularni biladigan qavmlarga bayon qilur» (Baqara surasi, 230-oyat). Halolaning shartlari Qur’oni Karim, hadisi sharif va fiqhiy kitoblarda kelgan iboralardan ma’lum bo‘lishicha, halolaning muhim shartlari oltitadir. Ular: 1. Boshqa erga nikohlanish; Albatta, avvalgi eridan iddasi to‘liq chiqqanidan keyin. 2. Ikkinchi erga biror tashqi bosimsiz, o‘z ixtiyori bilan nikohlanish; 3. Nikohdan keyin ikkinchi er bilan yaqinlik qilish; 4. Ikkinchi er bilan sahih nikoh qilingan bo‘lishi; 5. Ikkinchi er qo‘ygan taloqdan keyin to‘liq idda o‘tirish; 6. Avvalgi er uch taloq qo‘ygan ayoliga shar’iy haloladan keyin yaxshi niyat bilan uylanishi. Halolaning birinchi sharti – ikkinchi erga nikohlanish Alloh taoloning «So‘ng agar taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol bo‘lmas» oyatida ayolga er tomonidan uch taloq qo‘yilganidan keyin o‘z eriga shar’iy halolasiz qayta olmasligiga ishora bordir. Ikkinchi erga tegishdan oldin avvalgi er qo‘ygan taloq iddasini to‘liq qilib, keyin nikoh o‘qitishlari lozim. Agar ayol ikkinchi erga idda paytida nikohlansa, bu fosid nikoh bo‘ladi. Halolaning ikkinchi sharti – ayol ikkinchi erga o‘z xohishi bilan tegishi Halolaning ikkinchi sharti shuki, ayol avvalgi erdan to‘liq ajrashganidan keyin biror tashqi bosimsiz o‘z roziligiga binoan ikkinchi erga tegishi kerak. Bugungi kunda shariat ko‘rsatmalaridan bexabar, tabiati buzuq kishilar jahl ustida ayoliga uch taloq qo‘yib, hovuridan tushganidan keyin ayolini o‘ziga qaytarishning turli noshar’iy yo‘llariga qo‘l urmoqdalar. Jumladan, vaqtinchalik nikoh yoki taloq qo‘yishi sharti bilan ukasi yoki biror yaqinlariga ayolini nikohlab, taloq qildirish kabi. Bu «uddaburonlik» boshdan-oyoq noshar’iy va la’natni vojib qiladigan amallardandir. Bunday ishni qiluvchi va qildiruvchi har ikkalasi qattiq gunohkor bo‘ladilar. Bu haqda bir necha sahobai kiromlardan quyidagi hadis marfu’ tarzda naql qilingandir:Halolaning uchinchi sharti nikohlangandan keyin ikkinchi er bilan yaqinlik qilish Uchinchi shart – uch taloq qilingan ayolni o‘z nikohiga olgan er u ayol bilan yaqinlik qilishidir. Agar ikkinchi er u ayolga uylanib, yaqinliksiz taloq qilib yuborsa yoki ikkinchi er yaqinlik qilmay turib, olamdan o‘tib qolsa, ayol avvalgi eriga halol bo‘lmaydi. Zero, bu haqda Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Oisha roziyallohu anhodan marfu’ holatda quyidagi hadisni rivoyat qilganlar: عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: إِنَّ امْرَأَةَ رِفَاعَةَ الْقُرَظِيِّ جَاءَتْ إِلَى رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ الله إِنَّ رِفَاعَةَ طَلَّقَنِي فَبَتَّ طَلاَقِي وَإِنِّي نَكَحْتُ بَعْدَهُ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ الزُّبَيْرِ الْقُرَظِيَّ وَإِنَّمَا مَعَهُ مِثْلُ الْهُدْبَةِ قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم لَعَلَّكِ تُرِيدِينَ أَنْ تَرْجِعِي إِلَى رِفَاعَةَ لاَ حَتَّى يَذُوقَ عُسَيْلَتَكِ وَتَذُوقِي عُسَيْلَتَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rifo’a al-Quraziyning xotini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, Rifo’a meni taloq qildi. Taloq qilganda ham, boin taloq qildi. Men undan keyin Abdurrohman ibn Zubayr Quraziyga nikohlandim. Undagi narsa esa etakning titilgan uchiga o‘xshar ekan», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen Rifo’aga qaytishni xohlayotgan bo‘lsang kerak? Yo‘q! Toki u (Abdurrohman ibn Zubayr Quraziy) sening asalingni totmagunicha va sen uning asalini totmaguningcha bo‘lmaydi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Birinchi er bilan ayol uch taloqqa binoan ajrashganlaridan keyin ayol avvalgi eriga shar’iy halolasiz hech qanday holatda qayta olmaydi. Imom Muslim Fotima binti Qays haqida naql qilgan rivoyat ham bunga dalil bo‘ladi. عَنْ فَاطِمَةَ بِنْتِ قَيْسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ أَبَا عَمْرِو بْنَ حَفْصٍ طَلَّقَهَا الْبَتَّةَ وَهُوَ غَائِبٌ فَأَرْسَلَ إِلَيْهَا وَكِيلُهُ بِشَعِيرٍ فَسَخِطَتْهُ فَقَالَ: وَاللهِ مَا لَكِ عَلَيْنَا مِنْ شَيْءٍ فَجَاءَتْ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه فَذَكَرَتْ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ: لَيْسَ لَكِ عَلَيْهِ نَفَقَةٌ فَأَمَرَهَا أَنْ تَعْتَدَّ فِي بَيْتِ أُمِّ شَرِيكٍ ثُمَّ قَالَ: تِلْكِ امْرَأَةٌ يَغْشَاهَا أَصْحَابِي اعْتَدِّي عِنْدَ ابْنِ أُمِّ مَكْتُومٍ فَإِنَّهُ رَجُلٌ أَعْمَى تَضَعِينَ ثِيَابَكِ فَإِذَا حَلَلْتِ فَآذِنِينِي قَالَتْ فَلَمَّا: حَلَلْتُ ذَكَرْتُ لَهُ أَنَّ مُعَاوِيَةَ بْنَ أَبِي سُفْيَانَ وَأَبَا جَهْمٍ خَطَبَانِي فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه أَمَّا أَبُو جَهْمٍ فَلاَ يَضَعُ عَصَاهُ عَنْ عَاتِقِهِ وَأَمَّا مُعَاوِيَةُ فَصُعْلُوكٌ لاَ مَالَ لَهُ انْكِحِي أُسَامَةَ بْنَ زَيْدٍ فَكَرِهْتُهُ ثُمَّ قَالَ: انْكِحِي أُسَامَةَ فَنَكَحْتُهُ فَجَعَلَ اللهُ فِيهِ خَيْرًا وَاغْتَبَطْتُ بِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ Fotima binti Qays roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Abu Amr ibn Hafs o‘zi g‘oyib bo‘la turib, uni boin taloq qildi. So‘ng vakili orqali arpa yubordi. U (ayol) undan g‘azablandi. Shunda u (er): «Allohga qasamki, sening bizda hech qanday haqqing yo‘q», dedi. Ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, bu narsani xabar qildi. Bas, u zot: «Unda sening nafaqa haqqing yo‘q, – dedilar va Ummu Shariykning uyida idda o‘tirishga amr qildilar. So‘ngra: – U ayolning oldiga ashoblarim kirib turadilar, yaxshisi, Ibn Ummu Maktumning oldida idda o‘tirib qo‘ya qol, u ko‘zi ojiz odam, kiyimingni echishing bor. Qachon halol bo‘lsang, menga xabar ber», dedilar. Halol bo‘lganimda u zotga Muoviya bilan Abu Jahm sovchi qo‘yganlarini zikr qildim. Shunda u zot: «Abu Jahm asosini elkasidan tushirmaydi, Muoviya bo‘lsa yalangoyoq, hech moli yo‘q, yaxshisi, Usoma ibn Zaydga nikohlan, – dedilar. Men uni yoqtirmadim. Shunda u zot: – Sen Usomaga nikohlan!» dedilar. Bas, men unga nikohlandim, Alloh menga undan yaxshilik berdi. U sababli havas qilindim». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Halolada xilvat yaqinlikni o‘rnini bosmaydi Er ayol bilan xilvati sahiha bo‘lsa-yu, ikkalalari yaqinlik qilmasalar, shar’iy halola ro‘yobga chiqmaydi. Chunki xilvat jinsiy yaqinlikning o‘rnini bosmaydi. Jinsiy zaif kishilar bilan halola qilish Yuqorida «Xilvat jinsiy yaqinlikning o‘rnini bosmaydi», deyildi. Shuning uchun ayol avvalgi eri bilan uch taloq asosida ajrashib, bir jinsiy zaif kishiga turmushga chiqsa, lekin ikkinchi er jinsiy yaqinlikka qodir bo‘lmasa, yaqinlik qilishga yaroqli bo‘lmasa, u bilan shar’iy halola amalga oshmaydi. Chunki hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «toki u sening asalingni totmagunicha», deganlar. Shunga asosan, jinsiy zaif kishi jinsiy a’zosini ayolning jinsiy a’zosiga qo‘li bilan kirgizsa ham, shar’iy halola yuzaga chiqmaydi. Agar ayol mana shu suratda jinsiy zaif kishidan homilador bo‘lsa, shar’iy halola yuzaga chiqadi. Agar jinsiy a’zo yaqinlik qilishga yaroqli bo‘lsa-yu, lekin er uni ayolning jinsiy a’zosiga qo‘l bilan kirgizsa, bu bilan ham shar’iy halola yuzaga kelaveradi. Halola uchun (erning) jinsiy a’zosi (ayolning) jinsiy a’zosiga g‘uslni vojib qiladigan miqdorda kirishi shart Shar’iy halola uchun jinsiy a’zo to‘liq kirishi shart emas, balki ayolning jinsiy a’zosiga erning sof hashafasining o‘zi kirishi kifoya qiladi, maniy tushishi shart emas. Chunki g‘usl vojib bo‘lishi uchun hashafaning farjda g‘oyib bo‘lishi etarlidir. Orqaga yaqinlik qilish va halola Ayolning orqasiga yaqinlik qilish bilan shar’iy halola sobit bo‘lmaydi, chunki vati’ning o‘rni old tomon bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan shar’iy halola ro‘yobga chiqmaydi va buning ustiga ushbu amal katta gunohlardandir. Orqasi bilan oldi bir bo‘lib ketgan (mufozot) ayollarda halola Oldi bilan orqasi bir bo‘lib ketgan ayollarda yaqinlikning o‘zi bilan shar’iy halola sobit bo‘lmaydi. Agar yaqinlikdan keyin ayolda homila paydo bo‘lsa, shar’iy halola yuzaga chiqadi va avvalgi eri uchun halol bo‘ladi. Masala: Shar’iy halola ro‘yobga chiqishi uchun ayol boshqa erga tegishi va u bilan jinsiy yaqinlik qilishi lozim. Agar jinsiy yaqinlik ayol hayz, nifos ko‘rgan yoki ehromdalik kabi ta’qiqlangan vaqtlarda sodir bo‘lsa, garchi bu vaqtlarda jimo’ qilish shar’an ta’qiqlangan bo‘lsa-da, shar’iy halola sobit bo‘ladi. Yoshi bir joyga etgan kishi va halola Uch taloq qo‘yilgan ayol yoshi bir joyga etib qolgan kishiga tegsa, cholning jinsiy a’zosi ayolning farjiga hech qanday yordamsiz kira olsa, u bilan shar’iy halola sobit bo‘ladi. Agar cholning jinsiy a’zosi haddan ziyod zaiflashib, ayolning jinsiy a’zosiga mustaqil kira olmasa, ya’ni chol ayolning jinsiy a’zosiga o‘zining jinsiy a’zosini qo‘li yordamida solib qo‘ysa, bir qavlga binoan bu bilan shar’iy halola sobit bo‘lmaydi. Alloma Shomiy rahmatullohi alayhi: «Sahih qavlga binoan, bu bilan shar’iy halola sobit bo‘ladi», deganlar. O‘spirin bola va halola Bolaning yoshi juda kichik bo‘lgani sababli jinsiy a’zosi umuman harakatlanmasa va na ayolga bolaning xohishi bo‘lsa va na jimo’ qilishga qurbi etsa, bunday bola bilan shar’iy halola sobit bo‘lmaydi. Agar bola balog‘at yoshiga yaqinlashib qolgan bo‘lsa, u bilan halola durust bo‘ladi, ya’ni u qatori bolalar jimo’ qilayotgan yoki jinsiy a’zosi harakatga kelib, ayollarga nisbatan xohishi uyg‘ongan bo‘lsa, shar’iy halola yuzaga keladi. Bu o‘n yosh deb belgilangan. Balog‘atning chegarasi Balog‘at haddiga tegishli masalalar «Xazinatul fiqh»ning avvalgi jildida to‘liq tarzda bayon qilingan. Qisqa tarzda shuni bilish lozimki, balog‘at alomati uchtadir. Ular: 1. Maniyning ajralishi; 2. Tushda bulg‘anib qolish; 3. U sababli biror kishining homilador bo‘lishi. Yuqorida keltirilgan alomatlardan birortasi topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lgan bolaga balog‘atga etdi, deb hukm qilinadi. Soqol, mo‘ylab va kindik ostida paydo bo‘lgan tuklar balog‘at alomati hisoblanmaydi. Bichilgan, majnun va halola Bichilgan kishi jimo’ga qodir bo‘lsa, uning halolasi durust bo‘ladi. Chunki bichishda jinsiy a’zo o‘z holicha qoldirilib, ikki moyak olib tashlanadi. Shu bois er bichilgan bo‘lsa ham, jimo’ga qodir bo‘lsa, halola durust bo‘ladi. Jinni, devona kabi insonlar jimo’dan lazzatni his qilsalar, ularning halolasi durust bo‘ladi. Zimmiy er zimmiy ayolni halola qilishi durust. Lekin zimmiy er musulmon ayolni halola qilishi joiz emas. Chunki ularning nikohi durust bo‘lmaydi. Halolaning to‘rtinchi sharti – nikoh sahih va durust bo‘lishi Halolaning to‘rtinchi sharti shuki, ayol bilan ikkinchi er o‘rtasida qilingan aqdi nikoh sahih va arkonlari durust tarzda amalga oshirilgan bo‘lishi shart. Uch taloq qilingan ayol iddadan keyin ikkinchi erga guvohsiz turmushga chiqsa, yoki biror mahramiga turmushga chiqsa, yoki nikoh shartlarisiz aqdi nikoh bo‘lsa (chunki shartlarsiz qilingan nikoh fosid, botil bo‘ladi va bu bilan) halola durust bo‘lmaydi. Halola durust bo‘lishi uchun nikoh sahih bo‘lishi shartdir. Nikoh mavquf bo‘lsa va er ayoli bilan yaqinlik qilsa, halola durust bo‘lmaydi. Masalan, bir ayol valiyning ijozatisiz tengi bo‘lmagan bir erga tegdi. Bas, bu nikoh valiyning ijozatiga bog‘liq bo‘ladi. Valiy ijozat bersa, nikoh nikoh bo‘ladi. Agar valiy ijozat bermasa, nikoh fasx bo‘ladi. Shu bois valiyning ijozati bilan turmush qurib, yaqinlik qilinsa, halola uchun kifoya qiladi. Halolaning beshinchi sharti – ayol ikkinchi erdan chiqqanidan keyin idda to‘liq bo‘lishi Beshinchi shart shuki, ayol ikkinchi taloqdan keyin avvalgi eriga iddani tugatib, nikoh bilan qaytishi mumkin. Shu bois birinchi eriga (umuman, boshqa erga ham) ikkinchi er taloq qo‘yganidan keyin, iddani tugatmay turib nikohlansa, nikoh durust bo‘lmaydi. Agar ayol idda tugaganligini da’vo qilsa, uning qavli shu shart bilan qabul qilinadiki, er ayoldan ajrashgan vaqt bilan da’vo qilgan fursat uch hayz miqdorini qamrab olishi, ya’ni eng kamida ikki oy o‘tgan bo‘lishi lozim. Halolaning oltinchi sharti – birinchi er avvalgi ayoliga yaxshi niyat bilan, nikoh vositasida qaytishi Oxirgi shart shuki, ayol ikkinchi erga tegib, iddasi tugaganidan keyin avvalgi eriga qaytishni istasa, er-xotin nikohdan oldin chuqur fikr yuritib, oldin qilgan xatolarini qaytib qilmaslik va bir-birlarining haqlariga rioya qilish kabi fikrlarni qilib, ikkinchi bor yaxshi niyatda oila qursalar, albatta, ular yaxshi yashab ketadilar. Agar bundan boshqa, masalan, vaqtinchalik orzu-havas yoki shahvoniy xohish tufayli ikkinchi bor turmush qurishni xohlasalar, bir-birlari bilan o‘zaro er-xotinlik rishtalarini bog‘lamaganlari yaxshi. Bu haqda Qur’oni Karimda shunday deyilgan: فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ تَحِلُّ لَهُ مِن بَعْدُ حَتَّىَ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَن يَتَرَاجَعَا إِن ظَنَّا أَن يُقِيمَا حُدُودَ اللّهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ «So‘ng agar taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga temaguncha, unga halol bo‘lmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, ularga gunoh yo‘q. Ana shular Allohning chegaralari bo‘lib, ularni biladigan qavmlarga bayon qilur» (Baqara surasi, 230-oyat). Uxlayotganda yoki hushi o‘zida bo‘lmagan vaqtda halola qilish Ayol birinchi eridan ajrashib, ikkinchi erga tegsa va u uxlayotgan yoki hushi o‘zida bo‘lmagan vaqtda ayol o‘zining jinsiy a’zosiga erining jinsiy a’zosini solib, ilk yaqinlikni qilsa yoki aksincha, ayol uxlayotganda yoki hushi o‘zida bo‘lmagan vaqtda er shu ishni qilsa, sahih qavlga binoan, halola durust bo‘ladi. Jinsiy a’zoga latta bog‘lab halola qilish Ikkinchi er maniy to‘kilishidan saqlanish yoki sharmandalikda bir oz engillik bo‘lishi maqsadida jinsiy a’zosiga latta o‘rab, ayol bilan yaqinlik qilsa va erning hashafasi ayolning jinsiy a’zosiga to‘liq kirib, biri ikkinchisining haroratini his qilib, bir-birlaridan lazzatlansalar va erning jinsiy a’zosi mustaqil ravishda ayolning farjiga doxil bo‘lsa, shar’iy halola yuzaga chiqadi. Prezervativ va halola Prezervativ bilan yaqinlik qilinganda, biri ikkinchisining haroratini his qilsa va shu bilan bir qatorda bir-birlaridan lazzatlansalar, shar’iy halola yuzaga chiqadi. Turmush qilib, hali yaqinlik qilinmay turib uch taloq qo‘yilgan ayol va uni halola qilish Agar er uylanishi bilan, hali yaqinlik qilmay turib ayoliga uch taloq qo‘ysa, uni yana qaytarib o‘ziga nikohlab olishi uchun halola lozimdir. Agar hali yaqinlik qilinmagan ayolga bir taloq qo‘yib, ketidan uch taloq qo‘ysa, halola zarur emas. Chunki yaqinlik qilinmagan ayolga qo‘yilgan bir taloq bilan boin taloq voqe bo‘lib, darhol erning nikohidan chiqadi va bir taloq ketidan qo‘yilgan ikkinchi, uchinchi taloqlar bekor bo‘ladi. Balog‘atga etmagan ayolga uch taloq qo‘yib, halola qilish Bir kishi o‘zining hali balog‘atga etmagan ayoliga uch taloq qo‘ysa, bu balog‘atga etmagan ayol o‘zining avvalgi eriga halolasiz qayta olmaydi. Uni halola qilish shunday bo‘ladiki, u qizaloq yaqinlik qilishga qodir bo‘ladigan yoshga etib, ikkinchi erga tegadi va u bilan jinsiy yaqinlik qilganidan so‘ng shar’iy halola yuzaga chiqadi. Shundan keyin shar’iy tartibda avvalgi eriga qaytishi mumkin. Ayolning «Halola bo‘ldim», deb da’vo qilishi Ayol avvalgi erining oldiga kelib: «Men halola bo‘ldim, endi o‘z nikohingizga oling», dedi. Er faqat ayol aytgan gapga tayanib, unga ikkinchi bor nikohlanishi durust emas. Balki er bu haqda surishtirish ishlari olib borib: «Qachon va qaerda, kimga nikoh bo‘ldi? Ikkinchi ering bilan yaqinlik qildingmi?» deb, aniqlashi lozim bo‘ladi. Agar halolaning barcha shartlari topilsa, avvalgi er ayolini o‘z nikohiga olishi mumkin bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, ayol avvalgi erga harom bo‘ladi. Er ayolga surishtirish ishlarini olib bormay, uylanishi haromdir. Chunki ayolning halola bo‘lganligiga aniqlik kiritmay uylanish bir umrlik zinoga mubtalo bo‘lishdir. Bu ishning kasiri albatta, erga bo‘ladi. Ayol tekkan ikkinchi er yaqinlikdan oldin o‘lib qolsa, halola durust bo‘lmaydi Uch taloq qilingan ayol ikkinchi erga tegsa va yaqinlik qilishdan oldin ikkinchi er olamdan o‘tib qolsa, halola ro‘yobga chiqmaydi. Chunki vafot yaqinlik o‘rniga qoim bo‘lmaydi. Bu haqda «Bahrur roiq»da shunday deyilgan: «Vafot etish halola o‘rniga qoim bo‘lmaydi». Bunday holatda ayol uchinchi erga tegib, shar’iy halola qiladi va avvalgi eriga qaytadi. Agar ikkinchi er yaqinlik qilinganidan keyin olamdan o‘tsa, halola durust bo‘ladi. Lekin ayol vafot iddasi tugaganidan keyin avvalgi eriga halol bo‘ladi. Vallohu a’lam.
20 Апрел 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 368 | Turli savollar