Do‘stlarimni bu yo‘ldan qaytarish uchun so‘ramoqchiman

Oldin tarmoqli marketingda ishlab, uni “harom”ligi haqidagi fatvoni aytganingizdan so‘ng tavba qilganman. Ba’zi namozxon do‘stlarimizga aytgandim, nima uchun harom ekanini so‘rashdi. “Olimdan hujjat so‘ralmaydi” degan qoidaga amal qilib, men harom deyishingiz bilan tark qilgandim. Shu sabab, ularga nima uchun ekanini to‘liq aytib bera olmadim va ba’zi savollariga aniq hujjatli javob bera olmadim. Aniq haromligiga asos bo‘lgan xujjatlarini sizdan so‘rab berishimni iltimos qilishdi. Men hujjat so‘rash beodoblik bo‘lgani uchun ancha payt buni yozishga botina olmagandim. Ular yana qayta-qayta aytishganidan so‘ng ancha hijolat bo‘lib yozayapman. Iltimos, qaysi sabablar asosida harom ekanligini tushuntirsangiz va men ularga etkazsam. “Tarmoqda g‘arar bor” deyilgan ekan, bu nima? Tarmoqli marketingning hammasi harommi yoki har biriga alohida hukm chiqariladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tarmoqli marketingning hammasi harom. Hukmlar chiqqan, topib o‘qinglar.

20 Апрел 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar