40 kun jamoat bilan namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Imom Ali Samarqandi hazratlarini “Tanbehul g‘ofilin” kitobida “40 kun besh vaqt namozni farzlarini jamoat bilan qoldirmay o‘qigan odam ikki narsa do‘zax o‘ti va munofiqlikdan omonda bo‘ladi” deylgan. Bu sahih hadismi? Mana 9 kundir Allohga shukur besh vaqt namozni masjidda o‘qimoqdaman. Javob uchun Alloh ajrini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Hanifa rahmatullohi alayh Atodan, u Ibn Abbosdan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Kim qirq kun jamoat bilan uzluksiz namoz o‘qisa, unga (nomai a’moliga. - Tarj.) munofiqlikdan va shirkdan xaloslik yoziladi». عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيِّبِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَضَرَ رَجُلًا مِنَ الْأَنْصَارِ الْمَوْتُ فَقَالَ: إِنِّي مُحَدِّثُكُمْ حَدِيثًا مَا أُحَدِّثُكُمُوهُ إِلَّا احْتِسَابًا، سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: إِذَا تَوَضَّأَ أَحَدُكُمْ فَأَحْسَنَ الْوُضُوءَ ثُمَّ خَرَجَ إِلَى الصَّلَاةِ لَمْ يَرْفَعْ قَدَمَهُ الْيُمْنَى إِلَّا كَتَبَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ لَهُ حَسَنَةً، وَلَمْ يَضَعْ قَدَمَهُ الْيُسْرَى إِلَّا حَطَّ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ عَنْهُ سَيِّئَةً، فَلْيُقَرِّبْ أَحَدُكُمْ أَوْ لِيُبَعِّدْ فَإِنْ أَتَى الْمَسْجِدَ فَصَلَّى فِي جَمَاعَةٍ غُفِرَ لَهُ، فَإِنْ أَتَى الْمَسْجِدَ وَقَدْ صَلَّوْا بَعْضًا وَبَقِيَ بَعْضٌ صَلَّى مَا أَدْرَكَ وَأَتَمَّ مَا بَقِيَ كَانَ كَذَلِكَ، فَإِنْ أَتَى الْمَسْجِدَ وَقَدْ صَلَّوْا فَأَتَمَّ الصَّلَاةَ كَانَ كَذَلِكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Sa’iyd ibn Musayyib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ansoriylardan bir kishi o‘limi oldidan: «Men sizga bir hadis aytaman. Bu hadisni sizga faqat savob umididagina aytaman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Birortangiz yaxshilab tahorat qilsa, so‘ngra namozga chiqib, o‘ng qadamini ko‘tarishi bilan Alloh azza va jalla albatta, unga bir yaxshilik yozadi, chap qadamini qo‘yishi bilan Alloh azza va jalla albatta, uning bir yomonligini o‘chiradi. Bas, birortangiz xohlasa, yaqin bo‘lsin yoki uzoq bo‘lsin. Agar masjidga kelib, jamoat bilan namozini o‘qisa, u mag‘firat qilinur. Agar masjidga kelganida namozning ba’zisini o‘qib bo‘lishgan, ba’zisi qolgan bo‘lsa, etgan joyidan o‘qish ham o‘shandoq bo‘ladi. Agar masjidga kelganida namozni o‘qib bo‘lishgan bo‘lsa ham o‘shandoq bo‘ladi», deganlarini eshitganman», dedi». Abu Dovud rivoyat qilgan. Sharh: Avvalo hadisning roviyci Sa’iyd ibn Musayyib roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik. Sa’iyd ibn Musayyib (milodiy 634—713 yillarda yashab o‘tgan) ibn Hazn ibn Abu Vahb Maxzumiy al-Qurayshiy, kunyalari Abu Muhammad. Bu zot tobe’inlarning sayyidi, Madinadagi etti faqih imomlardan biri edilar. Sa’iyd ibn Musayyib Umar ibn Xattobning xalifalik davrlarining 2-yilida tavallud topdilar. Hadislarni Abu Bakr, Umar, Usmon, Abu Hurayra, Zayd ibn Sobit, Oisha onamiz roziyallohu anhumdan va yana boshqalardan rivoyat qildilar. U kishidan Salim ibn Abdulloh, Zuhriy, Qatoda, Shurayh, Abu Zanod va boshqalar rivoyat qildilar. Ulug‘ zotlardan Makhul: «Ilm talab qilib, ko‘pgina erlarni aylanib chiqdim-u, lekin Sa’iyd ibn Musayyibdan ko‘ra olimroq kishiga yo‘liqmadim», deb aytadilar. Sa’iyd ibn Musayyibda fiqh, taqvo, zohidlik mujassam bo‘lgan edi. Hayotlari davomida yog‘ savdosi bilan shug‘ullanib, insonlardan hech bir narsa so‘ramasdan, kasblari orqasidan ro‘zg‘or tebratdilar. Hijratning 93-yili Madinada vafot etdilar. Ushbu hadisi sharifda oldingi hadislardagi ma’no kengroq bayon qilinmoqda. Jamoat namozi o‘qish uchun masjidlarga borish kengroq targ‘ib etilmoqda. Jamoatga qo‘shilib, masjidda namoz o‘qish uchun chiqqan odam bir qadamini qo‘ysa, albatta, bir yaxshilik yozilar, ikkinchi qadamini qo‘ysa, albatta, bir gunohi o‘chirilar ekan. Namoz o‘qiganida esa gunohlari tamoman mag‘firat qilinar ekan. Bunda jamoat namozining ba’zisiga etib, qolganini o‘zi o‘qib olgan odam ham uni to‘liq o‘qiganlarga beriladigan martabaga sazovor bo‘lar ekan. Hatto namozni jamoat bilan o‘qishdan kech qolib, o‘zi yolg‘iz o‘qib olgan odamga ham niyati uchun jamoat bilan to‘liq o‘qiganchalik martaba berilar ekan. Shuning uchun ham doimo jamoat namozini masjidda o‘qishga harakat qilishimiz kerak. Namozni avvalidan jamoat bilan o‘qiganimiz yaxshi. Ammo kech qolib o‘qigan chog‘imizda ham savobini to‘liq olishimiz, mag‘firati ilohiyga sazovor bo‘lishimizni unutmasligimiz lozim. عن أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: صَلَاةُ الرَّجُلِ فِي الْجَمَاعَةِ تُضَعَّفُ عَلَى صَلَاتِهِ فِي بَيْتِهِ وَفِي سُوقِهِ خَمْسًا وَعِشْرِينَ ضِعْفًا، وَذَلِكَ أَنَّهُ إِذَا تَوَضَّأَ فَأَحْسَنَ الْوُضُوءَ، ثُمَّ خَرَجَ إِلَى الْمَسْجِدِ لَا يُخْرِجُهُ إِلَّا الصَّلَاةُ لَمْ يَخْطُ خَطْوَةً إِلَّا رُفِعَتْ لَهُ بِها دَرَجَةٌ، وَحُطَّ عَنْهُ بِهَا خَطِيئَةٌ، فَإِذَا صَلَّى لَمْ تَزَلِ الْمَلَائِكَةُ تُصَلِّي عَلَيْهِ مَا دَامَ فِي مُصَلَّاهُ مَا لَمْ يُحْدِثْ، اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَيْهِ اللَّهُمَّ ارْحَمْهُ، وَلَا يَزَالُ أَحَدُكُمْ فِي صَلَاةٍ مَا انْتَظَرَ الصَّلَاةَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishining jamoat ila o‘qigan namozi uning uyidagi va bozoridagi namozidan yigirma besh barobar ko‘p bo‘ladi. Bunday bo‘lishining sababi, qachon u yaxshilab tahorat qilsa, so‘ngra masjidga chiqsa, uni masjidga namozdan boshqa narsa chiqarmagan bo‘lsa, bosgan har bir qadamida, albatta, bir daraja ko‘tarilib, bir gunoh o‘chiriladi. Bas, qachon namoz o‘qisa, modomiki, namozgohida turar ekan, agar tahorati ketmagan bo‘lsa, farishtalar unga salovot aytib turadi. «Allohim, unga salovot yuborgin. Allohim, unga rahm qilgin», deydilar. Birortangiz, modomiki namozga intizor bo‘lar ekan, namozdadir», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifda jamoat namozining fazilati ochiq-oydin zikr qilinmoqda. Jamoat namozi nima uchun fazilat bo‘lishi ham bayon qilinmoqda. Jamoat bilan namoz o‘qigan odam yolg‘iz o‘zi namoz o‘qigan odamga qaraganda yigirma besh marta ko‘p savobga ega bo‘lar ekan. Bunday bo‘lishining sababi: 1. Jamoat namozi o‘qigan odam yaxshilab tahorat qilib, masjidga chiqadi. Uning niyati sof bo‘ladi. Masjidga borar ekan, jamoat bilan namoz o‘qishdan boshqa maqsadni ko‘zlamaydi. Shuning uchun bosgan har qadamida martabasi bir daraja ko‘tarilib, bir gunohi o‘chiriladi. 2. Jamoat bilan namozni o‘qib bo‘lib, tahoratini ketkazmay, namozgohida tursa, farishtalar unga salovot aytadilar. Bu namozni yolg‘iz o‘zi uyida o‘qisa, bunday bo‘lmas edi. 3. Jamoat namozini o‘qib bo‘lib, keyingi namozga intizor bo‘lsa, xuddi namoz o‘qiyotgan odamning savobini oladi. Yolg‘iz namoz o‘qigan odam bunday maqomga erisha olmas edi. Demak, namozni jamoat bilan o‘qishning o‘ziyoq kishi oladigan savoblarning o‘z-o‘zidan ko‘payib ketishiga sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun jamoat namozidan qolmaslik kerak, u hayotimizdan munosib o‘rin olmog‘i lozim. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: صَلَاةُ الْجَمَاعَةِ تَفْضُلُ صَلَاةَ الْفَذِّ بِسَبْعٍ وَعِشْرِينَ دَرَجَةً. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat namozi yolg‘izning namozidan yigirma etti daraja afzaldir», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Sharh: Demak, jamoat namozining fazli gohida yigirma besh, gohida yigirma etti daraja ustun bo‘lar ekan. Bunday farq masjidning uzoqligi, namozxonning ixlosi yoki imomning taqvosiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, jamoat bilan namoz o‘qishnig fazli beqiyos kattadir. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أَعْظَمُ النَّاسِ أَجْرًا فِي الصَّلَاةِ أَبْعَدُهُمْ فَأَبْعَدُهُمْ مَمْشًى، وَالَّذِي يَنْتَظِرُ الصَّلَاةَ حَتَّى يُصَلِّيَهَا مَعَ الْإِمَامِ أَعْظَمُ أَجْرًا مِنَ الَّذِي يُصَلِّي ثُمَّ يَنَامُ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning namozdan eng katta ajr oladigani (masjidga) yurib keladigan masofa uzoq bo‘lganidir. Imom bilan namoz o‘qishga intizor bo‘lganning ajri namozni o‘qib bo‘lib, uxlaganning ajridan ulug‘dir», dedilar». Uchovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Bu ham jamoat namozining fazlini ko‘rsatadi. Kishi jamoat namoziga qanchalik uzoqdan kelsa, shunchalik ko‘p ajr oladi. Imom bilan jamoat namozini o‘qishni kutib o‘tirgan odam ham savobga erishadi. Shuning uchun ham doimo jamoat bilan namoz o‘qishga harakat qilishimiz lozim. عُنْ عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ صَلَّى الْعِشَاءَ فِي جَمَاعَةٍ فَكَأَنَّمَا قَامَ نِصْفَ اللَّيْلِ، وَمَنْ صَلَّى الصُّبْحَ فِي جَمَاعَةٍ فَكَأَنَّمَا صَلَّى اللَّيْلَ كُلَّهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ، وَلَفْظُهُمَا: مَنْ شَهِدَ الْعِشَاءَ فِي جَمَاعَةٍ كَانَ لَهُ قِيَامُ نِصْفِ لَيْلَةٍ، وَمَنْ صَلَّى الْعِشَاءَ وَالْفَجْرَ فِي جَمَاعَةٍ كَانَ لَهُ كَقِيَامِ لَيْلَةٍ Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, xuddi tunning yarmini ibodat bilan bedor o‘tkazgandek bo‘ladi. Kim Bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, xuddi tunning hammasini namoz o‘qib o‘tkazgandek bo‘ladi», dedilar». Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Oxirgi ikkisining lafzi quyidagicha: «Kim Xufton namoziga jamoat bilan hozir bo‘lsa, kechaning yarmini bedor o‘tkazgandek bo‘lur. Kim Xufton va Bomdodni jamoat bilan o‘qisa, kechani bedor o‘tkazgandek bo‘lur». Sharh: Bu hadisi sharifda Xufton va Bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qishga alohida targ‘ib qilinmoqda. Chunki bu ikki namoz kishilar dam olishni, uxlashni xohlaydigan vaqtlarda bo‘ladi. Ana o‘sha xohishlarni engib, Xufton va Bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish kechani butunlay namoz o‘qib o‘tkazishning savobiga tenglashtirilmoqda. Bu ma’no Abu Dovud va Termiziy keltirgan lafzda yana ham aniqroq qilib aytilmoqda: «Kim Xufton namoziga jamoat bilan hozir bo‘lsa, kechaning yarmini bedor o‘tkazgandek bo‘lur. Kim Xufton va Bomdodni jamoat bilan o‘qisa, kechani bedor o‘tkazgandek bo‘lur». Shuning uchun ham hammamiz bu ikki namozni jamoat bilan o‘qishga harakat qilaverishimiz kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 21:09 | Савол-жавоблар | 281 | Hadislar