Tabib yoki jinkash

Assalomu alaykum! Javob uchun oldindan rahmat. Meni oyim ancha yillardan beri kassalliklar tufayli qiynaladilar, ko‘p doktorlarga ko‘rindilar, xar qaysi doktor xar-xil tashxis chiqarib berishadi yoki «umuman kasallik yo‘q» deyishadi lekin oyimni xammajoyi og‘ridi oyim aytishida og‘riq ko‘chib og‘rirkan, bir-xil paytlarda oyim xushidan ketib qolardilar 15 daqiqalarda o‘ziga kelardilar va bexushligida osmonda uchganligi yoki erga kirib ketganligi haqida aytardilar. Doktorlar bergan tashxis asosida ancha davolandilar lekin foyda qilmadi, keyin qo‘shnimiz oyimga bir tabibni(tabibmi bilmadim) tafsiya qilibdilar va o‘zi xam oyim bilan birga boribdi. Tabib oyimni ko‘rib, kelib turishi kerakligini va qabristonga tez-tez ziyorat qilishini aytibdi, u tabib Qur’on oyatlarini o‘qib davolar ekan. (Oyim oldindan bomdod nomozini oqiydi va tez-tez suralar o‘qib, tasbex qaytaradilar). Oyim tabib aytganiga amal qilib ziyoratga tez-tez boribdilar oyim «axvolim ancha yaxshilandi» degandi, (men u paytda chet elga ishlashga ketgandim) keyin oradan ozroq vaqt o‘tib «orqam tez-tez qattiq og‘riq tutib boshladi» dedilar keyin yana o‘sha tabibga borganlarida tabib oyimni orqasiga urib, «sening orqang bor (yani iloxiy biron narsa) sen xam bizga o‘xshagan davolovchi bo‘lasan» debdilar(bu narsa menga yoqmadi). «Seng biron tabibdan duo(fotoxa) olishing kerak» debdilar, shunda sen xamma kasalliklardan qutilasan va nevaralaringni davolab yuraverasan debdilar. Bu narsa dinimizda bormi? Bu jinparaslik emasmi? Nima qilishni bilmayabmiz. Dininizda bunday kasalliklarni davolash ko‘rsatilganmi? Iltimos to‘liqroq qilib javob bersangiz, bu vaziyatdan qanday chiqsak bo‘ladi, oyimni qanday davolatsak bo‘ladi? Juda boshim qotib qoldi, nima qilishni bilmayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo kimlargadir dard berib imtihon qiladi. Onangizni imtihoni shu dard bilan ekan. ularning ishlari shariatga zid ekanligi 100 foiz aniq. Ruqiya o‘quvchi pokiza insonga borsa ham bo‘lar edi. Musulmon kishi “Kallam ketsa ketsin lekin iymonim ketmasin” deydigan bo‘lishi kerak. Mo‘min-musulmon kishi shariatimiz man qilgan dam solish orqali o‘ziga shifo axtarishi mutlaqo to‘g‘ri emas. Shuningdek, tumor va issiq-sovuqqa o‘xshash noshar’iy ishlarga ham yaqinlashish gunoh ish hisoblanadi. Abu Dovud rahmatullohi alayh rivoyat qilgan yana bir rivoyatda : “Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ayoli : “Abdulloh bo‘ynimga osilgan ipni ko‘rib qolib, bu nima dedi. “Men uchun bunga ruqiya qilib berilgan ip” dedi. Abdulloh uni olib uzib tashladida so‘ng “Abdullohning oilasi shirkdan behojatdir. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir» deyayotganlarini eshitganman” dedilar. Men «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi» dedim. Shunda Abdulloh «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqomaa» dedi” deganlar”. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 06:09 | Савол-жавоблар | 176 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar