Qur’on haqida
Assalomu alaykum! Xayrli ishlaringizga Alloh baraka bersin. Qur’on poralarini o‘ttiz pora deb bilamiz. Shu poralarni qanday ajratsak bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’on 30 pora, 114 sura, 6 oyatdan iborat. Har 10 varog‘ini, bizning tilimizda “bir pora”, arab tilida “juz” deyiladi. Har etti yarim porasini “haftyak” deyiladi. Ikki yarim varoqni “Bir rub’” deyiladi. Qur’onning ilk tushgan oyatlari “Alaq” surasining dastlabki oyatlari, so‘nggisi “Moida” surasining 3-oyatidir. Qur’ondagi eng uzun oyat to‘liq bir betga jo bo‘lgan “Baqara” surasining 282-oyatidir (Mudayana oyati). Qur’onda ko‘tarilgan masalalar to‘rt xildir: 1. Tavhid. 2. Nubuvvat (payg‘ambarlik). 3. Hashr (qayta tirilish) va adolat. 4. Ibodat. Qur’onda ismi aniq zikr etilgan ayol Maryam onamizdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan “Ixlos” surasini uch bora o‘qish Qur’onni o‘qish bilan barobardir. Qur’onni qoida va usullariga rioya qilib o‘qish tajvid deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Alloh azza va jalla aytadi: “Kim Qur’oni karim o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lib, mendan tilay olmasa, men unga tilaganlarga berganimdan ortig‘ini beraman!”( quran.uz saytidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 06:09 | Савол-жавоблар | 159 | Qur’oni karim