Nafl ruzaga kanday niyat kilish kerak?

Assalomu alaykum xurmatli Ustoz! Din yulida kilayotgan sayyi-xarakatlaringizni ALLOX(j/j) dargoxida makbul aylab, ikki dunyoda yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Omiyn! Ustoz "nafl ruza tutganda niyatni kanday kilay" degan savolga, "kazo ruzaga niyat kilavering" deb javob beribsiz. Ustoz bu niyatni kanday kilamiz, "Kazo ruza tutishni niyat kildim" deb niyat kilamizmi? Yoki " Buynimda kolib ketgan ramazon ruzasining kazosini tutishlikni niyat kildim" deb niyat kilamizmi? Savolim nourin bulsa uzr surayman. Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j/j) sizdan va jumlamizdan rozi bulsin. Omiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Niyatni aytish shart emas. Aytganda, o‘sha ma’noni bildirsa bo‘ldi. Albatta, maxsus so‘zlarni aytish shart emas.

20 Апрел 2022, 19:08 | Савол-жавоблар | 210 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar