Shukr sajdasi
Assalomu alaykum! Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Shukr sajdasi haqida bilmoqchi edim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ShUKR SAJDASI عَنْ أَبِي بَكْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم أَنَّهُ كَانَ إِذَا جَاءَهُ أَمْرُ سُرُورٍ أَوْ بُشِّرَ بِهِ خَرَّ سَاجِدًا شَاكِرًا ِللهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ. وَلَفْظُهُ: أَتَى النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم أَمْرٌ فَسُرَّ بِهِ فَخَرَّ ِللهِ سَاجِدًا 618. Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bir xursandchilik ish(ning xabari) kelsa yoki u haqda bashorat berilsa, Allohga shukr qilib, sajdaga yiqilar edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziyning lafzida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xursand bo‘ladigan ishning (xabari) kelgan edi, Allohga sajda qilib, yiqildilar», deyilgan. Sharh: Har bir ne’mat uchun Allohga shukr qilish musulmon bandaning burchidir. Alohida katta xursandchilikka sabab bo‘linganda esa alohida katta shukr qilish kerak bo‘ladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ana shu alohida shukrni shukr sajdasi bilan amalga oshirganlar. Shuning uchun siz bilan biz ham shunday paytlarda shukr sajdasini qilishga odatlanmog‘imiz kerak. عَنْ عَامِرِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: خَرَجْنَا مَعَ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم مِنْ مَكَّةَ نُرِيدُ الْمَدِينَةَ، فَلَمَّا كُنَّا قَرِيبًا مِنْ عَزْوَرَا نَزَلَ ثُمَّ رَفَعَ يَدَيْهِ فَدَعَا اللهَ سَاعَةً، ثُمَّ خَرَّ سَاجِدًا فَمَكَثَ طَوِيلًا، ثُمَّ قَامَ فَرَفَعَ يَدَيْهِ فَدَعَا اللهَ سَاعَةً، ثُمَّ خَرَّ سَاجِدًا فَمَكَثَ طَوِيلًا، ثُمَّ قَامَ فَرَفَعَ يَدَيْهِ سَاعَةً، ثُمَّ خَرَّ سَاجِدًا ثُمَّ قَالَ: إِنِّي سَأَلْتُ رَبِّي وَشَفَعْتُ لِأُمَّتِي فَأَعْطَانِي ثُلُثَ أُمَّتِي فَخَرَرْتُ سَاجِدًا شُكْرًا لِرَبِّي، ثُمَّ رَفَعْتُ رَأْسِي فَسَأَلْتُ رَبِّي لِأُمَّتِي فَأَعْطَانِي ثُلُثَ أُمَّتِي فَخَرَرْتُ سَاجِدًا شُكْرًا لِرَبِّي، ثُمَّ رَفَعْتُ رَأْسِي فَسَأَلْتُ رَبِّي لِأُمَّتِي فَأَعْطَانِي الثُّلُثَ الْآخِرَ فَخَرَرْتُ سَاجِدًا لِرَبِّي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ. وَاللهُ أَعْلَمُ 619. Omir ibn Sa’ddan, u kishi o‘z otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Makkadan Madinaga bormoqni iroda qilib, chiqdik. Azvaroga yaqinlashganimizda u zot tushib, ikki qo‘llarini ko‘tarib, bir muddat Allohga duo qildilar. So‘ngra sajdaga yiqildilar va uzoq qoldilar. So‘ngra turib, ikki qo‘llarini ko‘tarib, Allohga bir muddat duo qildilar. So‘ngra sajdaga yiqildilar va uzoq qoldilar. So‘ngra turib, ikki qo‘llarini bir muddat ko‘tarib turdilar. So‘ngra sajdaga yiqildilar. Ke¬yin esa: «Men Robbimdan ummatimga shafoat so‘radim. Bas, menga ummatimning uchdan birini berdi. Men Robbimga shukr qilib, sajdaga yiqildim. So‘ngra boshimni ko‘tarib, Robbimdan ummatim uchun (shafoat) so‘radim. Bas, menga ummatimning uchdan birini berdi. Men Robbimga shukr qilib, sajdaga yiqildim. So‘ngra boshimni ko‘tarib, Robbimdan ummatim uchun (shafoat) so‘radim. Bas, menga oxirgi uchdan birini berdi. Men Robbimga sajdaga yiqildim», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Sharh: «Azvaro» – Madinai Munavvaraga yaqin joyning nomi. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Qalbga duo qilish tushib qolganda Alloh taologa astoydil duo qilish kerakligi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning birdan ulovdan tushib, duo qilib qolganliklari shuni ko‘rsatadi. 2. Allohga duo qilayotganda ikki qo‘lni ko‘tarish, o‘zini xor tutish kerakligi. 3. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga duolari qabul bo‘lganining bildirilishi. 4. Xursandchilik xabari etganda shukr sajdasi qilish. 5. Alloh taolo so‘ragan narsaning bir qismini bersa, yana so‘rashda davom etaverish. 6. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga barcha ummatlarini shafoat qilish haqqi berilganligi. 7. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga mehribonliklari. XULOSA Shukr sajdasi ham tilovat sajdasiga o‘xshash bo‘ladi. Sajda qilib, Alloh taologa loyiq hamdu sano aytiladi. Imom Molikdan boshqa hamma ulamolar «Bir ne’mat hosil bo‘lganda yoki balo-ofat daf bo‘lganda, shukr sajdasi qilish sunnatdir», deganlar. Jabroil alayhissalom kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bitta salovot aytsa, Alloh o‘sha odamga o‘n salovot aytishini xabar qilganlarida u zot shukr sajdasi qilganlar. Birinchi xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Islomning ashaddiy dushmani – Musaylamatul Kazzobning qatl etilganligi haqida xabar kelganda shukr sajdasi qilganlar. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Zul Sadyayni degan odamning xavorijlar ichida o‘lib yotganini ko‘rganlaridan keyin shukr sajdasi qilganlar. Chunki u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan «Urush qilgan ikki musulmon toifadan qaysi birining ichida Zul Sadyayni bo‘lsa, o‘sha toifa zalolatda bo‘ladi» degan ma’nodagi hadisni eshitgan edilar. Shuning uchun xavorijlar bilan bo‘lgan urushdan keyin hazrati Ali o‘liklar ichidan o‘sha odamni izlashni buyurganlar. Hamma o‘liklarni birma-bir qarab chiqishgan. Oxirgi o‘likni ham ag‘darib qaraganlarida uning tagidan Zul Sadyaynining jasadi chiqqan. Hazrati Ali o‘z dushmanlari – xavorijlar adashgan toifa ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan keyin shukr sajdasi qilganlar.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam.
21 Апрел 2022, 06:09 | Савол-жавоблар | 171 | Boshqa ibodatlar