Namozda o‘qiladigan sura va duolar
Assalomu alaykum! Man Qur’ondagi suralarni yoddan o‘qilganiga har bir xarfi uchun alohida savob yozilishi haqidagi hadisni eshitgandim. Namozning ichida o‘qiladigan zam suralardagi har bir xarfi uchun ham alohida savob yoziladimi? Agar shunaqa bulsa, zam surada qanchalik uzun sura o‘qilsa shuncha ko‘p savobga ega bo‘ladimi? Undan tashqari namozda o‘qiladigan sano, attahiyatu, salovat, robbana atina duosi uchun ham har bir xarflariga savob yoziladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozda o‘qilganining savobi yanada ko‘proq bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنهُ قالَ: قالَ رَسُولُ الله صلى الله عليه وسلم: «أيُحِبُّ أحَدُكُمْ إِذَا رَجَعَ إِلَى أهْلِهِ أنْ يَجِدَ فِيهِ ثَلاثَ خَلِفَاتٍ عِظَامٍ سِمَانٍ؟». قُلْنَا: نَعَمْ. قال: «فَثَلاثُ آيَاتٍ يَقْرَأُ بِهِنَّ أحَدُكُمْ فِي صَلاتِهِ، خَيْرٌ لَهُ مِنْ ثَلاثِ خَلِفَاتٍ عِظَامٍ سِمَانٍ». أخرجه مسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biringiz o‘z ahliga qaytganida uchta katta, semiz homilador tuyani topishi xursand qiladimi?” dedilar. Biz “Ha” degan edik, “Biringiz namozida uch oyatni tilovat qilishi u uchun uchta katta, semiz homilador tuyadan yaxshiroqdir” dedilar. Muslim rivoyati. Uni yaxshi ekanligini inson oxiratga borib Robbisining huzurida o‘qiganining evazini olayotganida biladi. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:09 | Савол-жавоблар | 211 | Ibodatlar