Qadr kechasini o‘tkazish qoidalari

Assalomu alaykum! Laylat ul kadr kechasi o‘tkazish qoidalari xakida ma’lumot bering iltimos va yana bir savolim telegramdagi botni qanday izlash mumkin va qanday savol berib javob olish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qadr kechasida o‘qiladigan namozning maxsus tartibi yo‘q. Ramazonning hamma kechasi kabi ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lish va bedor bo‘lish tavsiya qilinadi. Qazo namozlari bor kishilar qazolarini o‘qishi afzal. "Hadis va Hayot" kitobida bu kechani o‘tkazish haqida quyidagicha keladi: عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَرَأَيْتَ إِنْ عَلِمْتُ أَيُّ لَيْلَةٍ لَيْلَةُ الْقَدْرِ مَا أَقُولُ فِيهَا؟ قَالَ: قُولِي اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli! Ayting-chi, agar Laylatul qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam, unda nima deyman?» dedim. «Allohim! Albatta Sen afv qiluvchi va karamlisan. Afvni yaxshi ko‘rasan. Bas, meni afv qilgin», degin», dedilar». Sharh: Albatta, Laylatul qadr kechasi duoning qabul bo‘lishi eng qulay fursatlardan biri ekanini hamma yaxshi biladi. Bu savolni boshqacha qilib, «Duo eng qabul bo‘ladigan vaqtda qaysi duoni qilay?» desak ham bo‘ladi. «Afv» so‘zi lug‘atda tark qilish, o‘chirish va yo‘q qilish ma’nolarini ifoda etadi. Ulamolar afvni quyidagicha ta’riflaydilar: Munoviy: «Afv bir narsani tanovul qilishni qasd etish va gunohni o‘tib yuborishdir», deganlar. Kafaviy: «Afv qudrati etib turib, zarar etkazmaslikdir. Kim uqubat berishga haqdor bo‘la turib, uni tark qilsa, afv qilgan bo‘ladi», deganlar. 2). Telegrammdagi kanalimiz “@Savollar_kanal”. Lekin u kanaldan ham botdan ham savol yozish xizmati yo‘q. Savolni faqat shu saytdan yoki feysbukdagi sahifamizdan yozishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:09 | Савол-жавоблар | 197 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar